Prada’dan Mi Shang
Osiyodagi birinchi restoran

Prada ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining Osiyodagi birinchi restorani – Mi Shang haqidagi gastronomik yangiliklarni e’lon qilmoqda. Restoran Shanxaydagi tarixiy Rong Zhai saroyida joylashgan.
Bu maskanda italyan va xitoy madaniyatlari uyg‘unligini aks ettiruvchi nonushtalar, tushliklar, kechki ovqatlar, kokteyllar va shirinliklar taqdim etiladi. Restoran g‘oyasini gonkonglik rejissyor Vong Karvay ishlab chiqqan.