Prada yangi global elchisini tayinladi

Aespa k-pop guruhining a’zosi Karina brendning yuz timsoli bo‘ldi

Fotо: Instagram / Prada

Italiyaning Prada modalar uyi brendning yangi elchisi tayinlanganini e’lon qildi. Elchilar safiga Aespa k-pop guruhidan janubiy koreyalik qo‘shiqchi Karina qo‘shildi. 

Shu yilning yanvar oyida xonanda Milandagi Prada erkaklar kolleksiyasi namoyishining mehmoni bo‘ldi. Karina tadbirga brendning bahorgi ayollar to‘plamidan olingan, o‘ta yupqa organza qatlamlari bilan bezatilgan, afsonaviy ipak gazardan tikilgan libosda tashrif buyurdi.

 

Prada brendining boshqa elchilari orasida Hunter Schafer, Letitia Wright, Jia Ling, Ma Yili va boshqalar ham bor.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin