Qizlar jamoasidan “O‘z xonang”
Mehnat va shaxsiy makon o‘rtasidagi chegaralar haqida mahorat darsi
![](https://elleuzbekistan.com/wp-content/uploads/2025/02/Dizajn-bez-nazvaniya-4.png)
“O‘z xonang” nomli mahorat darsi Generalkunst va Qizlar jamoasi tomonidan “Ipak yo‘li” xalqaro turizm va madaniy meros universiteti qoshidagi Art Station san’at rezidensiyasi hamda Koreya san’at kengashi ko‘magida tashkil etildi.
Tadbir mehnat va shaxsiy makon, doimiy g‘amxo‘rlik va dam olish huquqi o‘rtasidagi chegarani anglashga qaratilgan. Birgalikdagi harakat, to‘xtamlar va nafas rostlash orqali biz vaqtinchalik hamjamiyat yaratishga va “o‘z xonasi” bo‘lmaganlar uchun qanday makon bo‘lishi mumkinligini tasavvur qilishga intilаmiz.