Ramazon qulayligi: oilaviy uchrashuvlar uchun BORK texnikalari
Yengillik, mehmondo‘stlik, qulaylik – BORKning har bir jihatida mujassam

Ramazon – ma’naviy yangilanish, iliq uchrashuvlar va oilaviy kechki ovqatlar vaqti, oshxonada shinamlik va qulaylik ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. BORK oshxona jihozlari nafis dizayn, ilg‘or texnologiyalar va puxta o‘ylangan funksionallikni o‘zida mujassam etgan holda, mazali va foydali taomlarni tez hamda oson tayyorlashga ko‘maklashadi. Bu qurilmalar qarindosh-urug‘laringiz va yaqinlaringizga ajoyib sovg‘a bo‘lib, muqaddas oyda g‘amxo‘rligingizni namoyon etadi.
Superblender
Kuchli va ishonchli superblender har qanday vazifani – qattiq yong‘oq va muzni maydalashdan tortib, bir xil tarkibli smuzi va sho‘rvalar tayyorlashgacha osonlik bilan uddalaydi. Dvigatelning yuqori quvvati bir nechta tezlik va avtomatik dasturlar bilan uyg‘unlikda tez, samarali ishlashni ta’minlaydi. U iftorlik uchun salqin ichimliklar va saharlikdan oldingi to‘yimli nonushtalarni tayyorlash uchun juda qulay bo‘lib, ovqat tayyorlash jarayonini oddiy va yoqimli mashg‘ulotga aylantiradi.

surat Bork matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan
Blender
Bu ixcham va qulay blender krem-sho‘rvalar, qayla va pashtetlar tayyorlashga mo‘ljallangan. Tezlikni tekis boshqarish tufayli taomning mukammal quyuqligiga erishiladi, ergonomik tuzilishi esa taom tayyorlash jarayonini yanada qulaylashtiradi.

surat Bork matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan
Gril
Haroratni aniq sozlash va termosezgich bilan jihozlangan aqlli gril go‘sht, baliq va sabzavotlarni juda oz miqdordagi yog‘ bilan ham tayyorlashga imkon beradi. Bir tekis qizdirilishi tufayli taomlar sersuv va xushbo‘y bo‘lib pishadi. Bu oilaviy kechki ovqatlar uchun ajoyib tanlov bo‘lib, barcha oila a’zolarini bir dasturxon atrofiga to‘plash va uyda tayyorlangan taomlardan zavq olish imkonini beradi.

surat Bork matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan
Smartshef
Ushbu ko‘p funksiyali qurilma o‘z ichiga blender, mikser, sabzavot to‘g‘ragich, bug‘pishirgich, su-vid, sekin pishirgich, elektr tova va tarozini jamlagan. O‘rnatilgan retseptlar turli xil taomlarni osonlik bilan tayyorlashga yordam beradi, ularning mazasi va foydali xususiyatlarini saqlab qoladi.

surat Bork matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan
Kapsulali qahva mashinasi
Qahva muxlislarining qalbini zabt etadigan sovg‘a. O‘z turida yagona va birinchi bo‘lgan ushbu kapsulali qahva mashinasi maxsus qahva tayyorlaydi, eng sara qahvaxonalardagi ta’m va sifatni ta’minlaydi. Aniq damlash tizimi har bir donning xushbo‘y hidini ochib beradi, har bir finjonni betakror qiladi.

surat Bork matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan
Choynak
Harorat sozlanadigan choynak – innovatsiya va nafis dizaynning uyg‘unligi bo‘lib, choy damlashni san’at darajasiga ko‘taradi. Aniq sozlamalar har qanday ichimlikning ta’mini to‘liq ochib beradi, u xoh to‘yingan qora choy bo‘lsin, xoh nozik yashil. Chiroyli ko‘rinishi, qulay boshqaruvi va yuqori sifatli materiallardan tayyorlanganligi uni Ramazon uchun zamonaviy va kerakli sovg‘aga aylantiradi, bu esa uy an’analariga bo‘lgan e’tibor, iliqlik, qulaylikni ifodalaydi.

surat Bork matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan
BORK’ning nozik dizayni va ilg‘or texnologiyalari qulaylik hamda nafosatni o‘zida mujassam etib, har bir taom tayyorlashni mehmonlarga e’tibor ko‘rsatish belgisiga aylantiradi. Zamonaviy jihozlar nafaqat dasturxonni bezaydi, balki ertalabki qahvadan tortib iftorlik uchun lazzatli taomlargacha bo‘lgan ichimliklarni taqdim etishni ham o‘zgacha mashg‘ulotga aylantiradi.
Barcha jihozlar borkstore.uz rasmiy veb-saytida, shuningdek, Tashkent City Mall’dagi BORK do‘konida mavjud.