Richard Quinn Londondagi moda haftaligida dadil kelinlik liboslarini namoyish etdi

Dadillik, dramatizm va an’analarni qayta talqin qilish

10 Mar 2025
fotо: spotlight \ Richard Quinn

2025-yilning kuz-qish mavsumidagi London moda haftaligida dizayner Richard Kvin moda san’at ekanligini va to‘y liboslari odatiy chegaralardan tashqariga chiqishi mumkinligini yana bir bor isbotladi. U o‘z kolleksiyasida nafaqat hashamatli kechki liboslarni, balki an’anaviylik dadil qarama-qarshiliklar bilan uyg‘unlashgan yangicha to‘y obrazlarini ham taqdim etdi.

Richard Kvin – o‘zining dadil naqshlari, eklektik uyg‘unlashuvi va dramatik siluetlari bilan tanilgan britaniyalik modelyer. 2018-yilda u Britaniya dizayni uchun Qirolicha Yelizaveta II mukofotining ilk sovrindori bo‘ldi, bu esa uning nomini Buyuk Britaniyaning yetakchi dizaynerlari qatoriga kiritdi. Uning asarlari romantika va avangardning dadil uyg‘unligidan iborat bo‘lib, kolleksiyalari doimo kutilmagan yechimlar bilan hayratda qoldiradi. Yangi mavsumda u kelinlarga o‘zining o‘ziga xos uslubiga sodiq qolgan holda to‘y modasi haqidagi an’anaviy tasavvurlarni qayta ko‘rib chiqishni taklif etmoqda.

fotо: spotlight \ Richard Quinn

Yangi to‘y palitrasi: oq-qora nafislik va mayin ranglar

Richard Quinn kelinlarga to‘y libosining rangiga bo‘lgan an’anaviy qarashni o‘zgartirishni taklif qiladi. Ha, ko‘pchilik bolaligidan oppoq libosni orzu qiladi, ammo dizayner muqobil ranglar ham shunchalik ta’sirli bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Uning talqinida to‘y modasi tasvirga grafiklik va dramatizm baxsh etuvchi kontrast oq-qora uyg‘unligiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, Kvin an’anaviy nafislik doirasida nozik va jozibali ko‘rinadigan mayin sut rangidagi liboslarni ham taqdim etadi.

fotо: spotlight \ Richard Quinn

fotо: spotlight \ Richard Quinn

fotо: spotlight \ Richard Quinn

fotо: spotlight \ Richard Quinn

Uzun va qisqa: marosim va kecha uchun tanlov

To‘plamda lahzaning tantanavorligini ta’kidlaydigan ta’sirli uzun liboslar ham, to‘y ziyofatida bemalol kiyish mumkin bo‘lgan kokteyl mini-ko‘ylaklar ham mavjud. Bunday tanlov to‘y uslubiga zamonaviy yondashuvni ta’kidlaydi, bunda kelin nafaqat marosimda, balki ziyofatdan keyingi kechada ham benuqson ko‘rinishi mumkin.

fotо: spotlight \ Richard Quinn

fotо: spotlight \ Richard Quinn

fotо: spotlight \ Richard Quinn

Maqolani baham ko'ring

Related articles