Rihanna FENTY x PUMA reklama kompaniyasining kadrlari bilan bo‘lishdi
Bu qo‘shma kapsula “Maktab fotosuratlari kuni”dan ilhomlanib suratga olingan
Rihanna FENTY x PUMA yangi qo‘shma kapsulasi reklama kompaniyasining bir qator suratlarini o‘zining instagramdagi akkauntida joylashtirdi. In Session kolleksiyasi AQSHda sentyabr oyining har ikkinchi payshanbasida o‘tkaziladigan “Maktab fotosuratlari kuni” bayramidan ilhomlanib yaratilgan.
Rihanna bilan birgalikda ishlab chiqarilgan Creeper Phatty yangi modeli qizil va qora rangdagi zamsh va yumshoq velvetdan tayyorlangan. Ayni paytda, Drop PUMA brendining rasmiy saytida mavjud.