Rihanna va J’adore Dior
Reklamaning rejissorlik versiyasi e’lon qilindi

Dior 10-martdan boshlab Rihanna ishtirok etayotgan yangi reklama kampaniyasiga jamoatchilik qiziqishini tizerlar orqali uyg‘ota boshladi. Qisqa roliklarning birida xonanda afsonaviy atirning nomini to‘g‘ri talaffuz qilishni mashq qiladi, boshqasida esa boshdan-oyoq qora libosda, yana birida esa flakonga monand siluetli oltin yaltiroq ko‘ylakda namoyon bo‘ladi.
Internetda Rihanna mashhur Versal saroyida tasvirlangan reklama kampaniyasining to‘liq varianti mavjud bo‘lib, rejissyor – Stiven Klein.