Сara Delevingne L’Oréal Parijning global elchisiga aylandi
Model yangi kampaniyada suratga tushadi va Women of Worth ning vakili sifatida ish olib boradi
L'Oréal Paris kosmetika kompaniyasi Cara Delevingneni yangi global elchi sifatida tayinlanganini e’lon qildi. Model brendning yangi kampaniyasida suratga tushadi va Women of Worthning vakili sifatida ishlaydi.
“Cara ko‘p qirrali va iste’dodlidir, u bizning butun dunyodagi ayollarning, ular yoʻlidagi toʻsiqlardan qatʼiy nazar, huquq va imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha missiyamizni o‘zida mujassam etadi”, - deydi xalqaro brend prezidenti Delfin Viguye-Hovasse.