Schiaparelli kuz-qish reklama tasvirlarini e’lon qildi
Suratlar muallifi Johnny Dufort
Ijodiy direktor Daniel Roseberry boshchiligidagi Schiaparelli modalar uyi ready-to-wear (tayyor kiyimlar) kuz-qish 2024 kolleksiyasi reklama jarayonlarini namoyish etdi. Suratga olish ishlari Parijdagi Vendome maydonida brend namoyishi tugashi bilanoq bo‘lib o‘tdi. Suratlar muallifi – Johnny Dufort.
Yangi to‘plamda turli ko‘rinishdagi pidjaklar, jinsi va charm kurtkalar, palto va keyplar mavjud. Aksessuarlar qatorini brend uslubida ishlangan bezaklar, ko‘zoynaklar, sumkalar va poyabzallar to‘ldirgan.
Kuz-qish 2024 kolleksiyasini Schiaparelli brendining rasmiy saytida buyurtma qilish mumkin.