Dengizdan ilhomlanib yaratilgan aksessuarlar

Marvarid, chig‘anoqlar va qisqichbaqalar

10 Iyul 2024
Foto: SPOTLIGHT

Dengizdan uzoq bo‘la turib ham uni his qilish mumkin. Bunda bizga aksessuarlar yordam beradi. Dizaynerlar zamonaviy uzun zanjirlar, yirik ziraklar va uzuklarga turli shakldagi chig‘anoqlarni bezak sifatida kiritishadi. Ular kundalik ko‘rinishimizni to‘ldiribgina qolmasdan, balki shahar shovqinidan biroz chalg‘ib, bir lahzaga bo‘lsa-da, dengiz havosi, qumli plyajlar yoki ochiq hovuzlar haqidagi xayollarga sho‘ng‘ish imkonini beradi.

Foto: SPOTLIGHT / Roberto Cavalli

Foto: SPOTLIGHT / Simone Rocha

Ulla Johnson va Roberto Cavalli brendlari uchun chig‘anoqlar asosiy ilhom manbai hisoblanadi. Chig‘anoqlar moda olamiga boshqa dengiz toshlari bilan birga kirib keldi. Kulon (osma zargarlik buyumi)li marjon taqinchoqlarni belgacha tushirib taqish ham mumkin, bu ko‘rinish suv yaqinida vaqt o‘tkazish uchun ayni muddao. Aksessuar cho‘milish kiyimingizni to‘ldirib, sizni boshqalardan ajratib turadi.

Foto: SPOTLIGHT / Balmain

Foto: SPOTLIGHT / Ulla Johnson

Chanel modalar uyi tvid ko‘rinishlarini marvarid iplari bilan to‘ldirmoqda – durlar orasidan baliqlar, qisqichbaqalar va dengiz yulduzlari joy olgan. Balmainga tegishli ishlarni esa butunlay farqli ravishda ko‘rishimiz mumkin. Ya’ni ushbu brend tomonidan toplar (ayollarning kalta, odatda belgacha tushadigan ustki kiyimi) va bra (ayollar ichki kiyimi) dizaynlari chig‘anoqlar shaklida yaratilmoqda.

Shuningdek, bosma va to‘qilgan bezaklar: yaltiroq elementli to‘lqinlar, to‘liq to‘rlar va ularga o‘xshash ko‘rinishlar dengiz mavzusi asosida yaratilganligini kuzatish mumkin.

Foto: SPOTLIGHT / Chanel

Foto: SPOTLIGHT / Balmain

Simone Rocha brendining marvaridlar asosida qilingan klatchi, bosh kiyimlari va “dengizchi” yoqalari ko‘rinishni to‘ldirib turish bilan birga yana bir qo‘shimcha vazifani bajaradi. Shuningdek, zanjirlarning aynan kemalar prizmasi va qaroqchilar estetikasi bilan bog‘liqligiga e’tibor berish lozim.

Foto: SPOTLIGHT / Simone Rocha

Foto: SPOTLIGHT / Simone Rocha

Foto: SPOTLIGHT / Simone Rocha

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin