Sharq ertaklari

Sharqona xushbo‘y hidlar – nega dunyoda arab parfyumeriyasini (attorlik mollarini) juda qadrlashadi

09 Iyul 2024
Foto: Unsplash
Foto: Unsplash

ВParijning qoq markazida, Champs Élysées xiyobonida Arabian Oud arab attorlik mollari do‘koni joylashgan. Moda va parfyumeriya poytaxti Parij Sharqning bu san’atiga yuqori baho berib, hurmatini bildiradi.

Xushbo‘y arab (sharqona) hidlari ko‘p asrlik tarixga ega. Sharq attorlik buyumlari tarixi asrlar davomida davom etib kelyapti. Barcha zamonlarda Sharq o‘zining ziravorlari bilan dunyoga mashhur. Sharq madaniyatida poklikka, ozodalikka alohida e’tibor berish va o‘zini parvarish qilishda parfyumeriyaning odamlar hayotidagi o‘rni qanchalik muhimligini ko‘rishimiz mumkin. Bir yilda o‘rtacha hisobda 1 ta yevropalik 50 ml atir ishlatsa, arab mamlakatlarida yashovchi aholining har biri esa 3 litr atirni tugatar ekan.

Foto: Unsplash, Victor Fortuna

Foto: Unsplash, Victor Fortuna

Sharqning attorlik mollari tabiiy mahsulotlardan tayyorlanadi. Yevropa atirlarida esa tabiiy mahsulotlar sintetik analoglar shaklida va kamroq miqdordadir. Tabiiy mushk, ambar, kastorium, animalistik (hayvonlardan olinadigan hidlar) hidlari atirlarga tabiiy va hissiyotni oshiruvchi ifor qo‘shadi hamda atir hidini uzoq vaqtgacha o‘chmaydigan qiladi. Bu yerda chin ma’noda qimmatbaho moylar, balzam, smola (qatron), tutatqi o‘tlari, labdanum, benzoin, galbanum, stiraks, mira, opponaks, kamfor yog‘i, yasmin va atirgul efir moylari, mastik daraxti qatroni va albatta ziravorlar mavjud. Sharqona ifor ko‘pincha o‘tkir hidli bo‘ladi. Tonka loviyasi va shokoladli loviya, kardamon, dolchin, muskat yong‘og‘i, qalampir, za’faron va vanil unutilmas iforlar uyg‘unligini yaratadi.

Sharq atirlarining asosiy qismi “attorlar” deb nomlanadi. Bunday atirlar tabiiy xushbo‘y yog‘lar aralashmasidan iborat bo‘lib, ular tarkibida suv va spirt umuman mavjud emas. An’anaviy arab parfyumeriya dunyosida umuman spirtdan foydalanilmaydi. Qimmatbaho arab brendlari o‘z mahsulotlarini faqat qimmatbaho, noyob moylardan yaratadi. Bunday moylar to‘yingan, kamroq uchuvchan, o‘zidan iz qoldirmaydigan va kuchli iforga ega bo‘ladi. Sharqona iforlar guruhi gulli, yog‘ochli va achchiq hidlarga bo‘linadi.

Yevropalik parfyumerlar sharqona xushbo‘y hidlarni yaratayotganda, ko‘pincha sintetik va tabiiy moddalarning muvozanatini ushlashga harakat qilishadi. Bunday atirlar ko‘proq kundalik hayotda ishlatishga moslangan bo‘lib, tarkibi moydan iborat arab atirlarini esa kechki oqshom tadbirlariga sepish tavsiya etiladi.
Bugungi kunda, sharqona xushbo‘y iforlar har qachongidanda ancha mashhur. Eng zo‘r atirlarni mashhur brendlar (Jeroboam, Moresque, House of Sillage, Amouage, M.Micallef, Kajal Perfumes, Coretemo, Fragrance du Bois, Roja Dove, Pana Dora, Omanluxury)dan topishingiz mumkin.

Foto: Unsplash, Beautinow Niche Perfume

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin