Shirin go‘zallik

Sevimli shirinlik va foyda o‘rtasida sarson bo‘lishning endi keragi yo‘q – qulupnay mavsumi bizga mamnuniyat, go‘zallik va salomatlik bag‘ishlaydi.

14 Iyun 2024

Nima uchun bugun kosmetologlar, diyetologlar va nutritsiologlar bizga bolalikdan tanish bo‘lgan qulupnay mavsumidan xursand?

Zamonaviy biokimyoviy tadqiqotlar odatiy mahsulotlarning xususiyatlari haqida ko‘plab qiziqarli maʼlumotlarni bilishga imkon berdi.

Qulupnay mavsumi ayni qizg‘in pallada bo‘lgani bois, biz ushbu superfud-shirinlikni ratsionga qo‘shishni tavsiya qilamiz.

Terini yoshartiradi 

Unsplash, Yulia Khlebnikova

Qulupnay ekstrakti yog‘li terini yaxshi tozalaydi, turli kengaygan teshiklarni kichraytiradi, husnbuzar toshmasiga qarshi kurashadi.

Rezavor ellag kislotasi antioksidantiga ega bo‘lib, u kollagen parchalanishining oldini oladi. Kollagen yetishmasligi – ajin paydo bo‘lishining asosiy sabablaridan biri.

Ultrabinafsha nurlaridan himoya 

Qulupnayning asosiy xususiyatlaridan biri – oqartiruvchi taʼsiri. Azaldan qulupnay pigment dog‘lari, sepkilga qarshi kurashib, teri tonini tekislashi maʼlum.

Ellagiy kislotasi terini ultrabinafsha nurlaridan himoyalaydi, bu esa ajinlar paydo bo‘lishining oldini oladi.

Teri muammolari yechimi

Yuqori miqdordagi salitsil kislotasi qulupnayni akneni davolashda mukammal vositaga aylantiradi. Ko‘p miqdordagi C vitamini esa kollagen ishlab chiqarilishini faollashtiradi hamda mayda va chuqur ajinlarni kamaytiradi. Siz ushbu rezavordan terini tetiklashtirishda, uning teksturasini yaxshilashda, dog‘lar va akne izlarini kamaytirishda foydalanishingiz mumkin.

Past kaloriyali rezavor meva

Eng mashhur bahoriy meva qomatini saqlovchilar uchun qutqaruvchidir. Ortiqcha kaloriyasiz yegulik zavqi – unga yetadigani yo‘q, shunday emasmi? Qulupnayni haqiqiy past kaloriyali supermahsulot deb atash mumkin – uning 100 grammida atigi 32 kaloriya bor.

Vitaminlar xazinasi

Unsplash, Merve Aydin

Foydali rezavorlar – past kaloriyali shirinliklarni sevuvchilar uchun haqiqiy topilma. Qulupnay tarkibida foliy kislotasi, kletchatka, karotin, pektin, temir, yod, kalsiy, fosfor va marganes, meva kislotalari va C, beta-karotin, E, B9, PP vitaminlari mavjud. Unda ko‘p miqdorda fitokimyoviy moddalar bor, ular tufayli rezavor meva kuchli antioksidant va yallig‘lanishga qarshi taʼsirga ega. Unda C vitamini (hatto limondagidan ham ortiq) va kletchatka ko‘p.

Agar farzand kutayotgan bo‘lsangiz, qulupnay tarkibidagi foliy kislotasi siz uchun juda foydali – u B9 vitamini shaklidan biridir. Qulupnay ayollar uchun eng foydali rezavor hisoblanadi.

“Qizil” kod

Qulupnayni ko‘p isteʼmol qilsangiz (boshqa mahsulotlar singari), allergiya paydo bo‘lishi mumkin. Bu faol moddalarning ko‘pligi va vitamin-mineral tarkibga bog‘liq.

Salbiy oqibatlarni chetlab o‘tish uchun quyidagi qoidalarga rioya qiling:

– avvaliga ozgina rezavorni yeb ko‘ring (100-150 gr.) va salbiy taʼsirini kuzating;

– hatto tomorqangizda o‘zingiz yetishtirgan bo‘lsangiz ham, mevani yaxshilab yuving;

– tomorqangizda qulupnay bo‘lsa, unga kimyoviy vositalarni sepmaslikka harakat qiling;

– mevani xarid qilayotganda, iloji boricha mahalliy sotuvchi, fermerlik mahsuloti ekanligiga ishonch hosil qiling (mahsulot o‘sha hududda yetishtirilganda, organizm tomonidan yaxshiroq o‘zlashtiriladi).

Ajoyib uyg‘unlik…

Unsplash, Diliara Garifullina

«Chocolate is my vegetables» – sizning shioringiz bo‘lib, ratsioningizni yanada balanslangan va foydali qilishni istaysizmi? Shirinliksevarlar mazali rezavor mevalardan boshlaganlari maʼqul. Avvaliga sevimli shirinligingiz – panna-kotta, tiramisu, “Napoleon” torti yoki oddiy biskvitni qulupnay bilan bezang. Yangi taʼmni tatib ko‘ring va Instagram tarmog‘ida chiroyli natijalaringiz bilan bo‘lishing.



Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin