Sky Camp Bo‘stonliq-2025

Xalqaro sport festivali yakuniga yetdi

Sky Camp Bo‘stonliq-2025 yorqin bayram muhitida o‘tkazildi. Festivalning 2000 dan ortiq ishtirokchisi va mehmoni treylranning, yoga va ongli bo‘lish amaliyotlarida o‘z kuchlarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu yil birinchi marta Sky Camp doirasida 100, 300, 600 va 1000 metr masofaga bolalar yugurish musobaqalari tashkil etildi.

 

“Sky Camp sport festivali ommaviy tadbirlarni o‘tkazishning yuqori xalqaro standartlariga muvofiq tashkil etilgan. Biz O‘zbekistonda yugurish madaniyatini izchil ravishda rivojlantirib, uni, ayniqsa bolalar va yoshlar orasida hayot tarziga aylantirishga harakat qilmoqdamiz. Festivalimiz ishtirokchilari soni yildan-yilga oshib borayotganidan xursandmiz”, – deydi O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova.

Tashkilotchilar “Avvalgidan tozaroq” ekologik tashabbusini davom ettirdilar. Ishtirokchilarga ko‘p marta foydalaniladigan silikon stakanchalar tarqatildi, bu esa plastik ishlatilishini kamaytirdi. Shuningdek, yo‘llarni toza qoldirgan holda chiqindilarni yig‘ish bilan yugurish – plogging ham o‘tkazildi. Festival mahalliy san’atkorlarning konsertlari va chiqishlari bilan birga kechdi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

 

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles