Sog‘ tanda – sog‘lom aql

Immunitetni mustahkamlash uchun jismoniy mashqlar majmuasi

Fotо: Pexels

Muntazam jismoniy faollik nafaqat kayfiyatni ko‘taradi va qomatni yaxshilaydi, balki immunitet tizimini ham mustahkamlaydi. Oddiy va samarali mashqlar majmuasi qon aylanishini yaxshilaydi, stress darajasini pasaytiradi va tananing umumiy tonusini oshiradi. Mayda qadamlar bilan boshlang – tanangiz sizdan minnatdor bo‘ladi!

Chigalyozdi 

Turgan joyida yurish – 2 daqiqa.

Qo‘llarni oldinga va orqaga 10 martadan aylantirish.

Boshni har tomonga 10 martadan egish.

Gavdani yon tomonlarga egish – har bir tomonga 10 martadan.

Fotо: Pexels

Asosiy mashqlar majmuasi

  • 10-15 marta o‘tirib-turish. Oyoq mushaklarini mustahkamlaydi va qon aylanishini yaxshilaydi.
  • Planka – 30-60 soniya. Barcha mushak guruhlarini mustahkamlaydi va umumiy tonusni oshiradi.
  • Qo‘l bilan tayanib ko‘tarilish va tushish – 5-15 marta. Poldan, tizzadan yoki devordan qilish mumkin. Ko‘krak mushaklari va yelka kamarini rivojlantiradi.
  • “Mushuk-sigir” mashqi – 10 marta. To‘rt oyoqlab turib, orqani bukish va yoyish. Beldagi taranglikni yo‘qotadi va nafas olishni yaxshilaydi.
  • Chalqancha yotgan holda velosiped harakati – 1-2 daqiqa. Qorin press mushaklarini mustahkamlaydi va kichik chanoq sohasida qon aylanishini yaxshilaydi.
  • Chalqancha yotgan holda buralish – 10-15 marta. Bu mashq qorin mushaklarining eng chuqur qatlamlarini mustahkamlaydi va ishga tushiradi, bu esa to‘g‘ri qaddi-qomat va sog‘lom belga ta’sir qiladi.
  • Turgan joyida yoki arg‘amchida sakrash – 1-2 daqiqa. Qon aylanishini yaxshilovchi kardio mashq.

Fotо: Pexels

Yakunlash va cho‘zilish

Chuqur nafas olish – 2 daqiqa.

Oyoq, qo‘l va yelkalarni cho‘zish – har bir holatni 20-30 soniya davomida ushlab turish.

“Chaqaloq” pozasi (yogadan olingan asana) – bo‘shashing va 1-2 daqiqa shu holatda qoling.

Fotо: Pexels

Tavsiyalar

Salomatlik va immunitetni saqlash uchun haftasiga 3-5 marta muntazam ravishda mashq qilish muhim. Mashg‘ulotlarning o‘rtacha davomiyligini saqlab qoling. Jismoniy faollikni toza havoda sayr qilish bilan to‘ldiring. To‘liq uyqu, to‘g‘ri ovqatlanish va tananing suv balansiga e’tibor qarating.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin