Sporty & Rich va adidas Originals brendlari qoʻshma kolleksiya taqdimoti

Hamkorlik munosabati bilan brendlar birgalikda “pop-up” doʻkonini ochishdi

Fotо: Instagram / sportyandrich

Sporty & Rich va adidas Originals brendlari  2024-yilning Olimpiya oʻyinlariga bagʻishlangan qoʻshma kolleksiyalarini taqdim etdi. 

U Samba, Handball Spezial va Adistar Cushion krossovkalarining o‘ziga xos modellarini o‘z ichiga oladi. To‘plamdan, shuningdek, sport toplari, futbolkalar, shortiklar va longslivlar ham o‘rin olgan. 

 

Parijning Bristol mehmonxonasida brendlar hamkorlik sharafiga “pop-up” doʻkonini ishga tushirishdi. U yerda yangi kolleksiya, takrorlanmas sharbatlar, desertlar hamda bagetlar barcha tashrif buyuruvchilar uchun taqdim etilgan. 

“Pop-up” do‘koni oʻz ish faoliyatini avgust oyining oxirigacha davom ettiradi. Hamkorlik to‘plamlarini Sporty & Rich brendining rasmiy sayti orqali ko‘rishingiz mumkin.

Maqolani baham ko'ring

Related articles