Spotify Music Pro

Yaqinda yaxshilangan audio obuna paydo bo‘ladi

Foto: INSTAGRAM / SPOTIFYITALY

Remiks yaratuvchi, sun’iy intellekt funksiyalari va takomillashgan trek ovozlari bilan Music Pro obunasi taqdim etiladi. Ma’lum qilinishicha, Music Pro 2025-yil oxirigacha ishga tushirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Spotify chiptalarni sotishning turli usullarini sinovdan o‘tkazmoqda, jumladan, oldindan sotuvlar va konsertlardagi eng yaxshi o‘rinlarga kirish imkoniyatini taklif qilmoqda. Qo‘shimcha xizmatlar uchun Spotify oyiga mavjud tariflar obunasidan tashqari ortiqcha 5,99 dollargacha to‘lov olishni rejalashtirmoqda. Aniq narx mintaqaga qarab o‘zgaradi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles