Zamsha jaketi – mavsumning asosiy buyumi

Agar u jigarrang bo‘lsa, yana ham yaxshi

08 Noy 2024
Foto: SPOTLIGHT / Ralph Lauren

Jaket - ayollar garderobining har qanday vaziyatda asqotadigan klassik kiyimi. 2024-yil kuz-qish mavsumida zamshadan tikilgan namunalarga ahamiyat berish lozim - yuqori trend o‘sha sokin hashamatni eslatadi.

Dizaynerlar retro uslubidagi ohanglar va jigarrangning turli tuslaridan ilhomlanmoqdalar - bu mavsumning eng “qimmatbaho” rangi. O‘zining ko‘p qirraliligi jihatidan u qora rangdan qolishmaydi va barcha ranglar bilan uyg‘unlashadi. Shuningdek, variantlar orasida to‘q qizil, och bej, karamel va an’anaviy qora ranglar bo‘lishi mumkin.

Foto: SPOTLIGHT / Ralph Lauren

Inflyuyenserlar bunday jaketni ko‘ylaklar, oversiz ko‘ylaklar, shimlar va keng jinslar bilan kiyishni afzal ko‘rishadi. Sovuq tushgach, uni ko‘p qatlamli obrazlar yaratish uchun ishlatish mumkin: tayanch sviter yoki kardigan, longsliv yoki futbolka, xudi yoki vodolazka asos bo‘lib xizmat qiladi.

Zamshadan tikilgan jaketlar mini, midi yoki maksi uzunlikdagi yubkalar bilan ham uyg‘unlashadi. Bichimlar ham xilma-xil: to‘g‘ri, beliga o‘tirgan yoki go‘yo bir necha o‘lcham katta ko‘rinadigan turlar har qanday vaziyat uchun mos obraz tanlashda yordam beradi.

Tabiiy zamsha nozik bo‘lib, to‘g‘ri parvarishni talab qiladi. Ammo har qanday holatda ham bu garderobning ko‘p qirrali elementi bo‘lib, u uzoq vaqt xizmat qiladi hamda uslubingizga o‘ziga xos nafosat va joziba baxsh etadi.

Foto: SPOTLIGHT / ISABEL MARANT

Foto: SPOTLIGHT / Miu Miu

Foto: SPOTLIGHT / Miu Miu

Maqolani baham ko'ring

Related articles