Suv tubidagi oltin

Parfyumerlar anbarni qanday qoʻllashadi

13 Iyul 2024
Foto: Freepik

Tabiiy anbar – parfyumerlar orasida juda qadrlanadigan qimmatbaho va nodir ingredientdir, baʼzan uni okean qahrabosi deyishadi. Turli vaqtlarda anbardan dori vositasi oʻrnida, diniy marosimlarda oshpazlikning muhim komponenti va hattoki bezaklar sifatida ham foydalanilgan. Tarkibning murakkab kelib chiqishi va kamyobligi iforning qiymatini oshiradi. Ammo xomashyo sotuvchilari uni Marokash va Kair bozorlaridan izlashda davom etishyapti. Parfyumerlar esa taʼminotchilar orqali mahsulotning hatto kichik boʻlagini boʻlsa ham, topilishi mumkin boʻlgan har yerdan – Avstraliya, Braziliya, Yaponiya, Hindiston, Xitoy, Madagaskar va Bagam qirgʻoqlaridan izlab, uni qoʻlga kiritishga harakat qilishadi.

Foto: Freepik

Anbar nimasi bilan qiymatli? Bu mahsulot iforlarni ushlab qolishga yordam beradi, atirlarning uzoq turishini va oʻzidan goʻzal, iliq shleyf qoldirishini taʼminlaydi va koʻpincha  asos sifatida  ishlatiladi. Anbar sandalni, brazilcha yongʻoqni, tamakini, quyoshda quritilgan suvoʻtini yodga solib, Sharqda uning  hidi kuchli afrodiziak (hissiyotni oshiruvchi) hisoblanadi. Bu shunday yoki yoʻqligini, oʻzimiz uchun anbarlik kompozitsiyani tanlab, tekshirib olish mumkin. Fragrance du Bois, Coreterno, Perris Monte Carlo, Xerjoff, Byredoda goʻzal turlari mavjud.

Foto: Freepik

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin