Tarelkangizdagi yasmiq: mo‘jiza yaratuvchi mahsulot

Yasmiqli 3 ta eng yaxshi taom retsepti

Foto: iStock

Yasmiq - barcha yoshdagi odamlar, shu jumladan bolalar, keksalar va homilador ayollar uchun mos keladigan g‘oyat qimmatli oziq-ovqat mahsulotidir. Yasmiqni kundalik taomnomasiga kiritish organizmni zarur ozuqa moddalar bilan ta’minlashning oson usuli hisoblanadi.

Bu mayda donlarni iste’mol qilish nafaqat ichki holatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, balki tashqi ko‘rinishni ham yaxshilashi mumkinligini kim o‘ylagan ekan?  Ushbu dukkakli ekin teri, tirnoq, soch va tishlar salomatligini mustahkamlashga yordam beradi.

Yasmiqning ajoyib ta’mi hatto eng talabchan gurmanlarga ham yoqadi. Ushbu mo‘jizaviy mahsulot bilan taomnomaingizni boyitishni va quyidagi oddiy taomlarni tayyorlab ko‘rishni taklif qilamiz.

"Ezogelin" yasmiqli sho‘rva

Ezogelin sho‘rvasi Turkiyada juda mashhur va shubhasiz eng keng tarqalgan taomlardan biri hisoblanadi.

Ezogelin sho‘rvasi oddiy yasmiq sho‘rvasidan nimasi bilan farq qiladi?

Ikkala taom ham yasmiqdan tayyorlansa-da, ular turli xil sho‘rvalardir. Yasmiqli sho‘rva faqat yasmiqdan tayyorlanadi, ezogelin esa ushbu dukkakli o‘simlikdan tashqari bulgur va guruch ham qo‘shiladi. Bir xil konsistensiyaga ega yasmiq sho‘rvasidan farqli o‘laroq, ezogelin ko‘pincha blenderda maydalanmagani sababli donador teksturaga ega bo‘ladi.

Foto: Freepik

  • 2 stakan qizil yasmiq
  • 3 osh qoshiq guruch
  • 2 osh qoshiq bulgur
  • 1 ta o‘rtacha piyoz
  • 1 choy qoshiq tomat pastasi
  • 1 osh qoshiq sariyog‘ (eritilgan)
  • 9 stakan suv (issiq)
  • 1 choy qoshiq yalpiz
  • 1 choy qoshiq timyan
  • 1 choy qoshiq tuz

Qozonchada sariyog‘ni eritib, unga mayda to‘g‘ralgan piyoz va ezilgan sarimsoqpiyozni solib, yumshaguncha qovuring. So‘ngra qozonga yuvilgan qizil yasmiq, bulgur va guruchni solib, bir necha marta aralashtiring. Tuz sepib, qora murch, suv qo‘shing, yana bir marta aralashtiring va to‘liq pishguncha qaynating.

Agar sho‘rva haddan tashqari quyuq bo‘lsa, qaynoq suvni asta-sekin quyib, kerakli quyuqlikka keltirishingiz mumkin. Shundan so‘ng yalpiz va timyan qo‘shib, yaxshilab aralashtiring va olovdan oling.

Yasmiqli kotletlar

Foto: iStock

  • 2 stakan qizil yasmiq
  • 1 stakan mayda bulgur
  • 1/2 stakan zaytun moyi
  • 1 ta o‘rtacha piyoz
  • 1 osh qoshiq tomat pastasi
  • 1 osh qoshiq chili pastasi
  • 6-7 ta ko‘k piyoz poyasi
  • yarim bog‘ petrushka
  • 1 choy qoshiq chili pag‘alari
  • 1 choy qoshiq zira
  • 1 choy qoshiq qora murch
  • 1 choy qoshiq tuz (ta’bga ko‘ra)
  • 1 ta limon

Yuvilgan yasmiqni qozonga solib, ustiga taxminan 1 litr suv quying.

Ozgina qaynatgandan so‘ng, olovdan oling. Yasmiqqa maydalangan bulgurni qo‘shib, qoshiq bilan aralashtiring. Qopqog‘ini yoping.

Yasmiq va bulgurni 15 daqiqa tindirib qo‘ying.

Tovaga yarim stakan o‘simlik yoki zaytun yog‘i quyib, mayda to‘g‘ralgan piyozni och oltin rangga kirguncha qovuring.

Piyozga tomat pastasini qo‘shib, yana 2-3 daqiqa qovuring, keyin bu aralashmani yasmiq va bulgurga qo‘shib ezg‘ilang. (Agar sizningcha yog‘ kam bo‘lsa, o‘z hisobingizga ko‘ra yana qo‘shishingiz mumkin)

Limon sharbati va ziravorlar seping. Mayda to‘g‘ralgan ko‘k piyoz va petrushka solib, yana ozroq aralashtiring. Ularga istalgan shakl berishingiz mumkin. Kotletlaringiz tayyor.

Yoqimli ishtaha!

Yasmiqli cho‘pon pirogi

Sabzavotlar bilan to‘ldirilgan bu vegan pirogi o‘simlik oqsillariga boy va ajoyib ta’mga ega. Uni tayyorlashning oddiyligi bir soat ichida undan bahramand bo‘lish imkonini beradi. Bu taom bayram tadbirlari, qishki kechki ovqat yoki tushliklar uchun juda mos keladi.

Foto: iStock

Pirog uchun masalliqlar:

Yasmiqni qozonga solib, ustidan sabzavotli bulon quying.  So‘ngra qaynash darajasigacha yetkazing, shundan so‘ng olovni pasaytiring. Qopqog‘ini yopib, 15 daqiqa yoki tayyor bo‘lguncha qaynating. Pishirish tugagach, bulonni suzib olib, yasmiqni sovutish uchun chetga qo‘ying.

Pyureni alohida qozonda tayyorlang.

Qo‘ziqorinlarni kuchli olovda qizdirilgan zaytun moyi solingan olovbardosh tovaga solib, uch daqiqa davomida pishiring. Piyoz, sabzi va selderey qo‘shib, yumshagunicha qovuring. So‘ngra sarimsoqpiyoz solib, yana bir daqiqa qovuring. Kuyib ketmasligiga e’tibor bering. Aralashtiring va yana bir daqiqa pishiring.

Tovaga kubik shaklida to‘g‘ralgan pomidor, sabzavotli bulon, soya sousi, dudlangan qalampir kukuni, oregano va qora murch qo‘shing. Tayyorlashning yakuniy bosqichida qaynatilgan yasmiq va yashil no‘xat qo‘shish tavsiya etiladi. Aralashtiring va olovdan oling. Keyin aralashmani pishirish uchun qolipga soling.

Kartoshka pyuresini yasmiqli masalliqning ustiga ehtiyotkorlik bilan bir tekis qatlam qilib joylashtiring, so‘ngra sanchqi yordamida naqsh tushiring. Oldindan qizdirilgan pechda 30 daqiqa davomida qizg‘ish qobiq hosil bo‘lguncha pishiring. Dasturxonga tortishdan oldin ustiga yangi ko‘katlar sepib bezating (buning uchun petrushka ayniqsa mos keladi).

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin