Hadya qilish san’ati: Yangi yil kechasida o‘ziga maftun qiladigan 5 ta taqinchoq

Botiniylikning yorqin ayon bo‘lishi

19 Dek 2024
Foto: instagram/yokolondonpearls

Tez orada kurantlar ovozi ostida tilak tilaydigan, sovg‘alar esa shunchaki ramz emas, balki eng samimiy tuyg‘ular ifodasi bo‘ladigan lahza keladi. Zargarlik buyumlari - bu bayramga alohida jilo bag‘ishlaydigan, har bir sovg‘ani go‘zallik, muhabbat va cheksiz imkoniyatlar ramziga aylantiruvchi sehrli ta’kiddir. O‘zingiz uchun ilhom olamini kashf eting va hayotingizga iliqlik va quvonch olib keladiganlar uchun mukammal bezakni toping.

Damiani Eden

Italiyaning Damiani zargarlik brendining Eden kolleksiyasi ularning tarixidagi eng yorqin va mashhur to‘plamlaridan biridir. U tabiatning uyg‘unligi, go‘zalligi va cheksiz mukammalligini aks ettiruvchi jannat bog‘i g‘oyasidan ilhom olgan. Yumshoq chiziqlar va mayin egilishlarni o‘zida mujassamlashtirgan elementlar 750 probali oq oltin, brilliantlar, zumradlar va sapfirlarning sehrli simfoniyasini aks ettiradi. Uzuklar, bilaguzuklar, sirg‘alar va marjonlar 2025-yilning ramzi bo‘lmish ilon shaklini eslatadi.

Foto: damiani

CVSTOS Re-Belle Papillon

Mexanik mahorat va nafis dizaynning ajoyib uyg‘unligi nozik did va zamonaviy texnologiyalarni qadrlaydigan ayollar uchun munosib sovg‘a bo‘ladi. Diametri 35 millimetrli soat korpusi qora PVD qoplamali po‘latdan tayyorlangan va umumiy og‘irligi 3,3 karat bo‘lgan qimmatbaho paraiba toshlar bilan bezatilgan - bu uyg‘unlik "neon" toshining sehrli tabiatini hosil qiladi. Soat avtomatik ravishda zaryad oladigan mexanik kalibr va 42 soatlik zaxira quvvati bilan jihozlangan, shuningdek, 100 metr chuqurlikkacha suvga chidamlilik xususiyatiga ega.

Foto: CVSTOS

Utopia Aqua

Nafis marjon Utopia brendining tabiiy unsurlar go‘zalligini zargarlik san’ati orqali mohirona talqin etishining yorqin namunasidir. O‘lchami 10.00-12.00 millimetr bo‘lgan janubiy dengiz marvarididan yasalgan bu taqinchoq dengiz manzaralaridan ilhom olgan. Utopia Aqua uyg‘unlik va nafosatni qadrlaydigan ayollar uchun mukammal sovg‘a hisoblanadi.

Foto: INSTAGRAM/utopiajewelsmilano

Wolf musiqali qutichasi

Britaniyaning Wolf brendiga tegishli Wolf Ballet musiqa qutisi kompaniyaning 190 yilligi va Volf oilasining besh avlodiga bag‘ishlangan noyob to‘plamning bir qismi hisoblanadi. Nafis quticha avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan mahorat va an’analarni o‘zida mujassamlashtirgan holda yong‘oq daraxtining qimmatbaho yog‘ochidan qo‘lda yasalgan. Bunday sovg‘a har bir detalidagi vazifaviylik va nafosatni qadrlaydiganlar uchun ajoyib sovg‘a bo‘ladi.

Foto: wolf1834

YOKO London Sunrise

YOKO London Sunrise to‘plamining osma zebi-ziynatlar, sirg‘alar va uzuklari 750 probali oltindan tayyorlangan bo‘lib, Janubiy dengizlar marvaridi va jilvalanuvchi brilliantlar bilan bezatilgan. Dizayn tabiatning nozikligini ulug‘laydi. Romb shaklida aks ettirilgan gulsimon naqsh ombre uslubida bajarilgan bo‘lib, unda guldastalar sariq rangdan oq rangga o‘tadi, bu maftunkor tong manzarasini eslatadi. Ushbu taqinchoqlar tabiiy go‘zallik va nafosatni mukammal tarzda aks ettirib, har qanday obrazga urg‘u beradi.

Foto: Yoko London

Damiani, Utopia, YOKO London brendlarining taqinchoqlari, shuningdek, CVSTOS soatlari va Wolf aksessuarlari faqatgina Majesty zargarlik va soat butikida taqdim etiladi.

Manzil: Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 2-uy
Telefon: (+998) 99-370-90-90

Hamkorlik materiali.

Maqolani baham ko'ring

Related articles