Franck Muller: 2024-yilning eng yaxshi soat modellari
Yuqori darajadagi kreativlik va mahorat
Franck Muller, innovatsiyalar va murakkab soat mexanizmlari bilan mashhur Shveytsariya brendi. Kompaniya mahorat va ijodkorlikni uyg‘unlashtirib, noyob dizayn va inqilobiy murakkabliklarga ega soatlarni yaratadi. Joriy yilda Franck Muller ajoyib soat modellarini taqdim etdi va ularning asosiylari shular.
Curvex CX Grand Central Tourbillon Skeleton
Franck Muller «Curvex CX Grand Central Tourbillon Skeleton» modelini faxr bilan taqdim etadi - ular turbionning murakkabligini ta’kidlaydigan ochiq siferblatga ega. To‘rtta ko‘prik siferblatga chuqurlik qo‘shish orqali osilish effektini yaratadi. Korpus 18 karatli pushti yoki oq oltindan yasalgan, og‘irligi 5,32 karat bo‘lgan 388 ta brilliant bilan bezatilgan, shuningdek, qo‘shimcha brilliantlar bilan bezatilgan kamar bilan jihozlangan. O‘zi ishlab chiqqan mexanizm 4 kunlik foydalanish zaxirasini ta’minlaydi.
Cintrée Curvex Imperial Tourbillon Baguette
Ushbu soat san’ati durdonasi World Presentation of Haute Horlogerie 2024 da taqdim etilib, brendning soat san’atining noyob asarlarini yaratishga intilishini ko‘rsatdi. Korpus «baget» qirrali brilliantlar bilan qoplangan bo‘lib, soatga ko‘zni qamashtiruvchi yaltiroqlik beradi. Arxitektura dizayniga ega siferblat detallarga e’tiborni kuchaytiradi. Ushbu model Franck Muller eksklyuziv buyumlarning haqiqiy shinavandalari uchun yaratilgan yuqori darajadagi soatlar qatoriga kiradi.
Vanguard Damascus Carbon Skeleton
Franck Mullerning maqsadi badiiy uslub va texnologik yutuqlarni birlashtiradigan soatlarni yaratishdan iborat. Masalan, Vanguard Damascus Carbon Skeleton modeli uglerod tolalari va rangli shishaplastik qatlamlarini birlashtirgan «Damashq uglerodi» deb ataladigan moddadan tayyorlangan. Mexanizm sifatida FM 1740-VS12 kalibri tanlangan - 7 kunlik foydalanish zaxirasi bilan qo‘lda skeletlashtirilgan.
Round Lady Skeleton Baguette
Brilliant, yoqut, sapfir va zumradlar bilan bezatilgan ayollar modeli yuqori aniqlikdagi soatlar kolleksiyasiga kirdi. Diametri 31 mm bo‘lgan korpus va mexanizm soatning ichki ishini to‘liq ochish effektini yaratadi.
Franck Muller yuqori darajadagi ijodkorlik va mahoratni namoyish etadi, bu esa soatni yuqori soat modasi shinavandalari uchun kerakli aksessuar bo‘lishiga imkon beradi.
Franck Muller brendi eksklyuziv tarzda Majesty zargarlik soatlar butikida taqdim etilgan.
Manzil: Toshkent shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 2-uy
Telefon: (+998) 99-370-90-90
Hamkorlik materiali.