The Chameleon
Yorug‘likning o‘zgarishi, tananing burilishi, yangi siluet: The Chameleon loyihasida Cheng Peng o‘z qiyofasining turli qirralarini namoyon etadi. Oq kostyum o‘rnini yorqin qizil va tanani o‘rab oluvchi qora liboslar egallaydi, rangli kadrlar esa oq-qora portretlar bilan almashinadi. Fotograf Oliver Francis va stilist Halyna Humeniuk yaratgan turkumning ritmi aynan shu o‘zgarishlarda — harakat va sokinlik, haykaltaroshona imo-ishora va teran nigoh orasida tug‘iladi.

Top — Atede
Shim — Atede
Etik — Jacquemus

Top — Atede
Shim — Atede
Etik — Jacquemus

Top — Atede


Tufli — Vivienne Westwood




Tufli — Balenciaga

Shim — Denholm Bruce

Londonda faoliyat yurituvchi moda va go‘zallik fotografi Oliver Francis sohadagi faoliyatini 11 yil avval Big Sky Studios’da studiya assistenti sifatida boshlagan. Keyinchalik u Tim Walker, Mert & Marcus, Gabriel Moses, Sølve Sundsbø va Miles Aldridge kabi fotograflarga assistentlik qilgan. Uning mustaqil fotografik ijodi hissiyotlar, ichki kechinmalar va teran mushohadaga qaratilgan.
Halyna Humeniuk — Ukrainada tug‘ilgan, Londonda yashovchi stilist va kostyum rassomi. U moda, kino va reklama sohalarida ishlaydi. Sohada qariyb o‘n yillik tajribaga hamda London College of Fashion magistrlik darajasiga ega. Hozirda u kiyim, o‘zlik va insoniy tajriba o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishga qaratilgan, ijodiy amaliyotga asoslangan PhD tadqiqot loyihasini ishlab chiqmoqda.
Fotograf — Oliver Francis @byoliverfrancis_
Stilist — Halyna Humeniuk @gymka
Model — Cheng Peng @cheng_pengg · Titanium Management London
Soch turmagi — Maiko Komori @hairby.maiko
Makiyaj — Roseanna Velin @roseannavelin