Garderob asosi

Oq rubashka universal element sifatida

28 Avg 2024
Foto: SPOTLIGHT

Barcha uchun tanish boʻlgan oq “baza” rubashka bir qarashda koʻringani kabi oddiy emas. U bilan birga quriladigan doʻstona munosabat sermahsul boʻlib, sizga nafaqat ta’sirli obrazlarni yaratishga, balki koʻzni qamashtiruvchi koʻrinishlarni yangilashga ham yordam beradi.

Oq rubashkaning afzalliklari juda koʻp, ammo eng asosiysi, uni deyarli barcha turdagi obrazlarda qoʻllash mumkinligidadir. Proenza Schouler brendi kabi yorqin rangdagi total-lookni tanlash zamonaviy yechim bo‘ladi – oq rubashka va shimga bir vaqtning o‘zida bir nechta e’tiborni tortuvchi kamarlar qo‘shiladi. Loewe brendi oʻz navbatida aksentli ko‘k manjet va kontrastli qora sumka ko‘rinishidagi qiziqarli detalni total obraziga kiritishni taklif qiladi.

Foto: SPOTLIGHT / Loewe

Oq rubashka mikroshortilar bilan birga, ultra-zamonaviy va qarama-qarshi kombinatsiyani yaratishga qodir. Qat’iy yuqori qism dadil pastki qismni muvozanatga keltiradi, jaket esa uslubga yanada ko‘proq rasmiylik qo‘shadi.

Foto: SPOTLIGHT / Max Mara

Uzaytirilgan oversize rubashka shim va futbolka juftligi yoki midi uzunligidagi charm yubkani to‘ldiradi. Peter Do bunday rubashkani jaketning oʻrniga kiyishni taklif qiladi, Valentino esa mikroshortilar bilan uygʻunlashtirish tarafdori. Qolaversa, u osonlik bilan koʻylakning oʻrnini bosa oladi.

Foto: SPOTLIGHT / Valentino

Klassik uslubdagi oq rubashkaning muqobili, mavsumning asosiy hitlaridan biri bo‘lgan “polo” boʻla olishi mumkin. Bu keng futbolka va qat’iy rubashka o‘rtasidagi mukammal uygʻunlikdir. “Polo” har qanday kiyim uslubiga ajoyib tarzda mos tushadi va unga oʻziga xos nazokat bagʻishlaydi. Uni jinsi shimlar bilan ham, bayramona yubkalar, shimlar va shortilar bilan ham kiysa bo‘ladi. Albatta, barchasi Miuchchi Pradaning ko‘rsatmasiga binoan bo‘lsa, ayni muddao!

Foto: SPOTLIGHT / Mame Kurogouchi

Foto: SPOTLIGHT / Dior

Foto: SPOTLIGHT / Jacquemus

Foto: SPOTLIGHT / Stella Mccartney

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin