Tiffany & Co. “Milan” futbol klubi uchun sovrin yaratdi
Bu zargarlik brendining Italiya futbol jamoasi bilan ilk hamkorligidir

Tiffany & Co. zargarlik uyi “Milan” futbol klubi uchun maxsus sovrin yaratdi. Hamkorlik Italiya jamoasining 125 yilligiga bag‘ishlangan.
Klubning shon-shuhrat zalidan joy olgan sportchilarga kumush barkash topshiriladi. Futbol jamoasining sobiq markaziy himoyachisi, hozirda klub vitse-prezidenti bo‘lgan Franko Baresi birinchi kubokni qo‘lga kiritadi.