Tiffany & Co. “Selfridges”dagi butik vitrinalarini bezadi
Zargarlik brendi 187 yoshga to‘ladi
Tiffany & Co.’ning 187 yilligi munosabati bilan brend Londondagi “Selfridges” butik vitrinalarini bezatdi. Unda to‘rtta zamonaviy britaniyalik rassomlar - Damien Xerst, Ranu Begum, Jeyson Bryugge va Jeyms Praytonning asarlari namoyish etilgan. Ular zargarlik uyi arxivlaridagi tarixiy ekspozitsiyalar fonida joylashtirilgan.
San’at namunalari zargarlik buyumlarining mumtoz kolleksiyalariga bag‘ishlangan. Masalan, rassomlar Xerst va Begum Elza Perettining suyakdan yasalgan o‘yma bilaguzukdan ilhomlanishgan. Bundan tashqari, Demiyen Xerstning ishida rasmiy ko‘k rang kapalak bilan uyg‘unlashgan.
Vitrinalarni 20-oktyabrgacha Londondagi “Selfridges” Tiffany & Co. butikida ko‘rish mumkin.