Tiffany & Co. Selfridgesda do‘kon ochdi
Ochilish vaqtida do‘kon brendning maxsus moviy rangiga burkandi
Tiffany & Co. zargarlik brendi Britaniyaning Selfridges univermagi ichida o‘zining yangi maydonini ochdi. Ochilish marosimida univermag brendning maxsus ko‘k rangiga bo‘yaldi.
Do‘konga kirish yo‘lagi rassom Nensi Lorens tomonidan yaratilgan ko‘k va kumush shisha panellar bilan bezatildi. Xona markazida rassom Jeyson Brugesning mashhur Tiffany olmosiga o‘xshash installyatsiya joylashtirildi.
Bu joy Piter Marino dizayni asosida Nyu-Yorkdagi beshinchi avenyuda joylashgan Tiffany &Co. flagman do‘konidan ilhomlanib yaratilgan.