To‘g‘nog‘ich – obrazingizning yangi bosh qahramoni

Yo‘q, bu buvingizning qutisidagi eski taqinchoq haqida emas. Bu o‘zining davriyligini yana bir bor isbotlagan moda haqida.

10 May 2025
foto: Spotlight

Bir vaqtlar to‘g‘nog‘ichlar hokimiyat ramzi va maqom belgisi bo‘lgan. Bugun esa bu o‘zingizni so‘zsiz ifodalashning nozik usuli. Sirg‘a va marjonlar e’tibor uchun bellashayotganda, to‘g‘nog‘ich sekin, ammo ta’sirli harakat qiladi.

U podiumni talab qilmaydi – biroq Chanel, Schiaparelli va Prada’ning har bir namoyishi bu tafsilotga ehtirom ko‘rsatishga aylanadi. Kundalik hayotda ham to‘g‘nog‘ich ko‘zlarni o‘ziga jalb qiladigan va ma’noli urg‘u beradigan aksentga aylanadi. Jaket yoqasida, ipak ko‘ylakda, sumka tasmasida – bugun to‘g‘nog‘ich chegaralardan ozod va yana cho‘qqida.

fotо: Schiaparelli.com

Eskirganmi? Aslo. Aksincha – zamon tanlamas.

Zamonaviy dizaynerlar to‘g‘nog‘ich davr haqida emas, balki shaxsiylik haqida ekanligini allaqachon tushunib yetishgan. Stella McCartney to‘g‘nog‘ichlarni manifest sifatida – shiorlar va haykalchalar shaklida yaratadi. Prada retro va ilmiy-fantastik uslublarni aralashtirib o‘ynaydi, Parij va Kopengagenning yosh brendlari esa me’morchilik, san’at va ko‘cha madaniyatidan ilhom oladi.

fotо: Schiaparelli.com

Roviy taqinchoq

Zargarlik olamida to‘g‘nog‘ich – bu xuddi mavzu. Cartier, Van Cleef & Arpels, Boucheron ularni kichik durdonalar sifatida yaratadi: oltin, olmos, mikro mozaika, emal. Ammo ommaviy bozor ham to‘g‘nog‘ichlarni o‘z qatorlariga kiritib, ularni arzon va qulay qilmoqda. Metall gul, marvarid chiziq, grafik siluet – bugungi kunda to‘g‘nog‘ich har qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin, faqat zerikarli emas.

fotо: Instagram/ Broochella_

Grand Opera lojasidan tashqarida qanday taqish kerak

Agar to‘g‘nog‘ich sizga “haddan tashqari” tuyulsa – asosiydan boshlang. Jaket yoqasi. Ko‘ylak yoqasi. Plash belbog‘i. Yoki – kutilmagan, ammo ta’sirli joylar – beret, shlyapa, kardigan, sumka. Asosiysi tajriba qilishdan qo‘rqmaslikdir. Axir bu obrazni uslublash uchun ajoyib vosita.

fotо: Instagram/ babaknarimankia

U sizga nimaga kerak? Uchta sabab:

  1. Bu vaqt chegarasidan tashqari. Trendlar keladi va ketadi, to‘g‘nog‘ich esa o‘nlab yillar davomida dolzarb bo‘lib qoladi.
  2. Bu shaxsiy narsa. Ayniqsa, gap eski topilma yoki maxsus buyurtma haqida ketayotgan bo‘lsa.
  3. Bu meros. Keyingi avlodga o‘tkazish mumkin bo‘lgan taqinchoq. Onadan qizga, tarixning bir qismi sifatida.

Qadalgani – yodda qolgani

2025-yilda to‘g‘nog‘ich shunchaki tafsilot emas. Bu – serma’no ishora. U logotipdan ko‘ra ko‘proq narsani anglatadi. Did, xarakter, nozik jihatlarga e’tibor haqida so‘zlaydi. Agar moda haqiqatan ham biz bilan muloqot qilayotgan bo‘lsa, unda to‘g‘nog‘ich, shubhasiz, jim turmaydigan ovozlardan biridir.

10 May 2025
Maqolani baham ko'ring

Related articles