To‘y marosimi go‘zallik qo‘llanmasi: bir necha hafta ichida mukammal teriga qanday erishish mumkin
Kelinchaklar uchun foydali kosmetologik muolajalar

Har bir kelin benuqson ko‘rinishni orzu qiladi: mo‘jizaviy libos, dizaynerlik poyabzali, mukammal makiyaj va chiroyli soch turmagi. Ammo, maftunkorlikning asosiy tarkibiy qismi – bu nur sochib turgan teri va yangicha tashqi ko‘rinishdir. Shu sababli to‘ydan oldin kosmetolog huzuriga tashrif buyurish va shaxsiy parvarish rejasini tuzib olish nihoyatda muhimdir.
Nuqsonlar bilan kurashish va fazilatlarni ko‘rsatish uchun ko‘plab go‘zallik muolajalari mavjud. Eng yaxshi natijaga erishish uchun tayyorgarlikni to‘ydan 3-6 oy oldin boshlash maqsadga muvofiq. Shunda sizda akne, kuperoz, pigmentatsiya kabi eng jiddiy muammolarni davolash uchun yetarli vaqt bo‘ladi.
Kosmetolog bilan maslahatlashib, teri holatini tahlil qilgandan so‘ng, davolash rejasi tuziladi. Tozalash, piling, inyeksiya va boshqa kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi muolajalarni terining tiklanishiga ulgurishi uchun to‘ydan kamida uch oy oldin o‘tkazish lozim. Shundan so‘ng, terini namlik va vitaminlar bilan to‘yintirish maqsadida mezoterapiya va yuz biorevitalizatsiyasini qo‘llash mumkin.

fotо: pexels
Tantanalardan bir oy oldin ultratovushli yoki enzimli piling yaxshi variant bo‘ladi. Terini ta’sirlantirmasdan yengil ko‘chirish uning yangilanishiga, silliq va toza ko‘rinishga ega bo‘lishiga yordam beradi. C vitamini qo‘shilgan yengil piling terining porloqligini ta’minlashda juda samarali. Sochlar haqida ham unutmaslik kerak, chunki ularning to‘kilishi ko‘pincha stress tufayli yuz beradi. Sochlarning tez o‘sishi va butun uzunligi bo‘ylab mustahkamlanishi uchun mezoterapiya, trixologik spreylar va serumlar yordamga keladi.
Massaj yoki HydraFacial kabi parvarish muolajalari tiklanish va dam olish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi. Yakuniy chizgilarni hosil qiladigan eng tavsiya etilgan muolajalar orasida alginat va namlantiruvchi niqoblar, shishlarni kamaytiruvchi patchlar va guasha massaji qo‘llaniladi. Mukammal ko‘rinish uchun tanaga g‘amxo‘rlik qilish ham muhim ahamiyatga ega. Muhim kundan oldin dam olishning eng yaxshi usuli – bu SPAga borib, o‘rab-chirmash, skrablash va uqalash muolajalarini olishdir.
Kosmetik muolajalar nafaqat to‘ydan oldin dam olish uchun kerak, balki ular stressni sezilarli darajada kamaytiradi ham. Ularning afzalligi shundaki, ular makiyaj uchun mukammal asos tayyorlash imkonini beradi, bu esa rang uzoqroq turishi, tekisroq yotishi va tabiiyroq ko‘rinishini ta’minlaydi. Muntazam parvarish quruqlik, toshmalar, xiralik, shishlar va boshqa “kutilmagan hodisalar” bilan kurashishga yordam beradi.

fotо: pexels
To‘y oldidagi shoshilinch yumushlar ayniqsa ko‘payib ketgan paytda, eng muhim lahzada cheksiz ishonchni his etish uchun o‘zingizga vaqt ajratish juda zarur! Zero, haqiqiy go‘zallik ichkaridan, sog‘lom va parvarishlangan teridan boshlanadi. Bu esa mutaxassisning sinchkovlik bilan bajargan mehnati natijasi bo‘ladi.