Todd Snyder NYFWga qaytdi

Brend 2020-yildan beri ishtirok etmagan edi

Foto: INSTAGRAM / toddsnyderny

Todd Snyder 2020-yildan beri birinchi marta Nyu-York moda haftaligida ishtirok etdi. Erkaklar kuz-qish kolleksiyasida dizayner zamonaviylik bilan nafis shahar estetikasini uyg‘unlashtirgan holda, rasmiy va kundalik uslub o‘rtasidagi muvozanatni saqlab qoldi. Ranglar va naqshlar ko‘zga tashlanmaydigan, ammo puxta o‘ylangan bo‘lib, Snayder tuproq rangli va neytral tuslarga, shuningdek, klassik naqshlarga ustunlik berdi. Duxoba va ipakdan tikilgan keng bichimli rasmiy kostyumlar kashmir kardiganlar va shortlar bilan to‘ldirildi. Oyoqda esa qalin tagcharmli dag‘al botinkalar va loferlar.

Maqolani baham ko'ring

Related articles