Tom Ford modalar uyiga yangi ijodiy direktor tayinlandi

Haider Akermann ushbu lavozimni egalladi

Fotо: Instagram / Tomford

Amerika modalar uyi Tom Ford  yangi kreativ direktor etib Haider Akermanni tayinlaganini e’lon qildi. Dizayner o‘zining ilk namoyishini Parijda  kuz-qish 2025 mavsumiga mo‘ljallangan  moda haftaligida o‘tkazadi.

"Men uzoq vaqtdan beri hayratlanib kelgan va chuqur hurmat qilgan Tom Ford merosini e’zozlashga ulkan sharaf bilan harakat qilaman. Oldinda meni kutayotgan yangi imkoniyatlarni sabrsizlik bilan kutmoqdaman", – deyа o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi dizayner.

Bunga qadar Akermann 2001-yilda o‘z nomidagi brendni ishga tushirgan va Canada Goose kompaniyasining kreativ direktori lavozimida faoliyat yuritgan edi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles