УхBeauty Inc Award’ga ko‘ra 2024-yilning parvarish va pardoz mahsulotlari

Mukofot fikricha nimalarga e’tibor qaratish lozim

Fotо: Instagram / Sephora

Beauty Inc Award tanlovi bo‘yicha soch parvarishi sohasida L’Oréal Paris kompaniyasining Colorsonic soch bo‘yash qurilmasi g‘olib bo‘ldi. Colorsonic’ni ishlab chiqishga yetti yil ketdi va kompaniya bo‘yoq va oksidlovchini avtomatik ravishda aralashtiruvchi, maxsus tishchalar yordamida taqsimlovchi va mukammal bo‘yashni ta’minlovchi yordamchi yaratdi.

Dekorativ kosmetika mahsulotlari orasida Milk Makeup’ning lab va yanoqlar uchun Cooling Water Jelly Tint tinti yulduzga aylandi. O‘zining teksturasi, qo‘llashdagi qulayligi, chidamliligi va ko‘p qirraliligi tufayli bu mahsulot 2024-yilda o‘rtacha har 20 soniyada xarid qilingan.

O‘tayotgan yilning parvarish mahsuloti Olay’dan retinol qo‘shilgan tozalash vositasi bo‘ldi. Mo‘jizaviy kubchalarni ishlab chiqishga o‘n yil ketdi va bu bejiz emas – mahsulot bozorga chiqishi bilanoq xitga aylandi. Formulasi to‘qqizta tarkibiy qismdan iborat bo‘lib, gialuron kislotasi va C vitamini qo‘shilgan variantlari ham taqdim etilgan.

Ommabop segmentda Byoma yilning brendi deb topildi. Dastlab Byoma yuz parvarishi vositalari bilan shug‘ullangan, ammo keyinchalik segmentni kengaytirish va tana uchun vositalarni qo‘shishga qaror qilingan.

Maqolani baham ko'ring

Related articles