Under Armour
Kompostlanadigan kiyimlar

Under Armour brendi UNLESS Collective bilan hamkorlikda to‘liq tarkibi o‘simlik materiallaridan tayyorlangan kompostlanadigan sport kiyimlarining birinchi to‘plamini taqdim etdi. Kolleksiya Milan Dizayn Haftaligida namoyish etildi va paxta dalasidan kompostgacha bo‘lgan kiyim-kechak siklini aniq ko‘rsatuvchi installyatsiya bilan birga keldi. Bu liniya “regenerativ” deb nomlandi. Unga 100 foizli o‘simlik xom ashyosidan tayyorlangan to‘liq sport garderobi - xudilar, futbolkalar, kurtkalar, poyabzallar kiritilgan.
Tashabbusning maqsadi - o‘z hayot siklining oxirida tabiatni ifloslantirmasdan, balki asl ma’noda yerga qaytadigan kiyimlarini yaratishdir.