Dam olishda nima kiysa bo‘ladi?

Zamonaviy va qulay obrazlar tanlovi

08 Iyul 2024
Foto: SPOTLIGHT

Dam olishning qaysi turini tanlashingizdan qat’i nazar – u plyajda sokin hordiq chiqarishmi, faol tarzdagi sayohatmi yoki barcha diqqatga sazovor joylarni tomosha qilishmi – bularning har biriga alohida tashqi ko‘rinish tanlash zarur.

Albatta, har doim jinsi yoki zig‘ir matoli shortilar, ipak yubkalar, yengil rubashkalar, toplar va futbolkalar kabi standart kapsula mavjud. Ammo garderobga dam olish uchun mo‘ljallangan o‘ziga xos yangi narsalarni ham olib kirish mumkin. Agar bu jinsi shim bo‘lsa, demak, unga yaltiroq kristal ko‘rinishidagi toshlar (rhinestones) yoki applikatsiyalar sepilgan bo‘ladi. Agar ko‘ylak bo‘lsa, u holda boxo uslubidagi bo‘lishi mumkin. Shu qatorda 2024-yil yozining trenddagi ranglari haqida ham unutmang!

Foto: SPOTLIGHT / Philosophy di Lorenzo Serafini

Foto: SPOTLIGHT / Valentino

Odatdagi ikkitalik kiyim obrazi matosini oddiydan to‘rli matoga almashtiring, shunchaki cho‘milish kiyimlari emas, balki mustaqil element bo‘lib xizmat qila oladiganlarini xarid qiling. Yirik to‘rli assimetrik yubkada, yuqori ustki qismi katta atirgullar yoki dadil qirqimlar bilan bezatilgan kiyim kiygan holda suzish havzasi yoki plyaj tomon ketayotganingizni tasavvur qiling. Pareo (katta sharf ko‘rinishidagi ayollar plyaj kiyimi elementi)ni yirik to‘rli ko‘ylakka almashtiring. Bel o‘rni pastroq yubkalar ham uning o‘rnini bosishi mumkin.

Foto: SPOTLIGHT / Chanel

Foto: SPOTLIGHT / Carolina Herrera

Foto: SPOTLIGHT / Etro

Qirg‘oqdagi kechki ovqat yoki tog‘ manzaralarini tomosha qilish uchun keng shifonli bluzkalar, korsetlar, keng palatsso shimlari, 70-yillarning trend siluetidagi ko‘ylaklarni tanlang. Dam olish – bu obrazlarni uslublarga ajratish borasidagi eng kuchli fantaziyalar ma’qullanadigan va muvofiqligiga qarab ruxsat etiladigan vaqt hisoblanadi. Ammo bunda overdressed’ haqidagi kichik xatoliklar ham inobatga olinadi.

Foto: SPOTLIGHT / Anna October

Foto: SPOTLIGHT / Philosophy di Lorenzo Serafini

Foto: SPOTLIGHT / Max Mara

Foto: SPOTLIGHT / Johanna Ortiz

Foto: SPOTLIGHT / Dior

Maqolani baham ko'ring

Related articles