Valentino yangi “Born in Roma Extradose” iforini taqdim etadi
Anvar Hadid va Adut Akech kampaniya yuzlari bo‘ldi
Valentino yangi “Born in Roma Extradose” iforining chiqarilishini e’lon qildi. Kampaniyada Bella va Jijining ukasi Anvar Hadid va janubiy sudan-avstraliyalik model Adut Akech ishtirok etishdi. Brendning so‘zlariga ko‘ra, atir “o‘zini eng to‘g‘ridan-to‘g‘ri va to‘liq ifoda etishga intiladigan, jasur va murosasiz yashaydigan avlod uchun yaratilgan”.