Victoria’s Secret birinchi video-tizerini taqdim etdi

Kambek shou 15-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi

Fotо: instagram / victoriassecret

Victoria’s Secret brendi 15-oktyabr kuni Nyu-York shtatida bo‘lib o‘tuvchi podium-shouga bag‘ishlangan birinchi video-tizerini e’lon qildi. Rolikda Gigi Hadid Tyra Banks’dan namoyish uchun orziqib kutilgan taklifnomani oladi. 

Shuningdek, tasdiqlangan modellar orasida Candice Swanepoel, Taylor Hill, Mayowa Nicholas, Imaan Hammam va Paloma Elsesser’lar ham bor.

 

“Victoria’s Secret shou” namoyishi oxirgi marta 2018-yilda bo‘lib o‘tgan edi. Kompaniya olti yil deganda birinchi marta modellar ishtirokidagi afsonaviy namoyishlarini yangilashga qaror qildi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles