Vivienne Westwood yangi taqinchoqlar kolleksiyasini e’lon qildi
Buyumlar misdan ilon shaklida tayyorlangan

Dizayner Xitoy yangi yilidan ilhom olib, chokerlar, shokilalar, sirg‘alar, bilaguzuklar va uzuklar taqdim etilgan to‘plamni ishlab chiqardi. Taqinchoqlar misdan ilon shaklida yasalgan bo‘lib, ularni tumor sifatida an’anaviy saltanat ramzi bilan bezatishgan.