Xalqaro tarvuz kuni
Ushbu bayramda tarvuzdan tayyorlanishi mumkin bo‘lgan beshta oddiy retsept
Tarvuz – yozning ramzi. Bu suvli va tetiklantiruvchi meva haqiqatdan ham alohida kunga loyiqdir. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p tarvuz iste‘mol qiladigan amerikaliklar bir vaqtlar 3-avgust kuni milliy tarvuz kunini nishonlashga qaror qilishdi.
Har yili ko‘plab odamlar ushbu g‘ayrioddiy va mazali bayramni nishonlab kelishmoqda. Shu kuni turli xil tanlovlar tashkil etiladi: tarvuz urug‘ini kim uzoqroqqa tupurishi yoki kim hammadan ko‘p tarvuz bo‘laklarini yeyishi kabi. Shuningdek, tarvuz karvingi, ya’ni tarvuzni o‘zgacha shakllarda so‘yib, badiiy bezashga oid tanlovlar juda mashhur.
Tarvuzning 92% suvdan iborat ekanini bilasizmi? Shuning uchun ham tarvuz insonni tetiklantiradi.
Miloddan avvalgi ikki ming yillikda tarvuzlar qadimgi Misrda yetishtirilgan. Tarvuz urug‘lari fir’avnlarning xilxonalaridan ham topilgan. Serquyosh dalalarda yetishtirilgan o‘zbek tarvuzlari va qovunlari ko‘plab mamlakatlarga ma‘lum va mashhur.
Har birimizning tarvuz yeyish borasida sevimli usulimiz bor. Masalan: oldindan muzlatilgan tarvuzni ikkiga bo‘lib, qoshiqda yeyish mumkin. Bu usul, ayniqsa, bolalar uchun maroqli.
Ammo sizga tarvuzni oddiy usulda yeyish jonga tekkan bo‘lsa, biz sizga tarvuzdan tetiklantiruvchi sharbat retseptini tayyorlab ko‘rishingizni tavsiya etamiz.
Tarvuz limonadi
Tarkibi:
- 1kg tarvuz
-
2 ta limon sharbati
-
2 ta limon sharbati
- 50 gr shakar
- 1 stakan suv
- beszatish uchun yalpiz
-
muz
So‘yilgan tarvuzni po‘sti va urug‘idan ajrating. Yaxshi yuvilgan va quritilgan limonlarni katta qirg‘ichlardan o‘tkazing. Keyin limonlarning sharbatini siqib, bir stakan muzli suv bilan qo‘shib blenderga solib aralashtiramiz. Olingan massani elakdan o‘tkazib muzlatkichga sovitish uchun qo‘yamiz. Limonadni mehmonlarga uzatishdan oldin muz va tarvuz bo‘lakchalari bilan bezatishimiz mumkin.
Tarvuzli muzqaymoq
Masalliqlar:
- 1kg tarvuz
- 150 g shakarli quyultirilgan sut
- 3 qoshiq limon sharbati
Urug‘idan tozalangan va bo‘laklarga kesilgan tarvuzni blenderga solib, quyultirilgan sut va limon sharbatini blenderga solib aralashtiramiz. Shaklli idishchalarga solib, muzlatkichga besh soatga qo‘yamiz. Shaklli idishlardagi tayyor muzqaymoqni oson olinishi uchun bir necha soniya issiq suvga solib qo‘yish tavsiya etiladi.
Tarvuzli sorbet
Masalliqlar:
-
1,5-1,6 kg shirin tarvuz
-
2 ta laym
-
4 ta yalpiz poyasi
Tayyorlanish usuli:
Laymlarni yuving. Mayda qirg‘ichdan laym qobig‘ini olib, sharbatini (suvini) siqib oling. Yalpizni poyalaridan ajrating.
Tarvuzni urug‘idan ajratib, po‘stini oling. Aralashmani yalpiz barglari bilan blenderga solib, bir xil massa bo‘lgunicha aralashtiring.
Tayyor bo‘lgan aralashmani muzlatish uchun idishga solib, muzlatkichga qo‘ying. Muzlatish vaqti taxminan 4 soat. Har 15-20 daqiqada muzlatkichdan olib, blenderda aralashtirib turish kerak. Shunda sharbat bir xil massada chiqadi.
Tarvuz va fetadan salat
Masalliqlar:
-
300 g tarvuz
-
100 g feta
-
2 ta yalpiz novdasi
-
2 osh qoshiq zaytun yog‘i
-
1 osh qoshiq sharob sirkasi
-
Tuz, ta’bga ko‘ra murch
Tayyorlanish usuli:
Fetani o‘rta kattalikdagi kubiklarga bo‘ling. Yalpiz barglarini soling. Tarvuz, feta va yalpizni salat idishga solib, zaytun yog‘i, sharob sirkasi va ziravorlar bilan aralashtiring.
Tarvuz bilan golubikadan o‘ziga xos idishchalarda bolalar bilan tayyorlash mumkin bo‘lgan salat
Masalliqlar:
-
300 g tarvuz
-
150 g golubika
-
2 ta yalpiz novdasi
-
2 osh qoshiq zaytun yog‘i
-
asal
- yarim limonning sharbati
Tayyorlanish usuli:
Bunday salatni siz bolalar bilan birgalikda tayyorlashingiz mumkin. Tarvuzni yuvib, po‘sti va urug‘idan ajrating. Pechenye uchun mo‘ljallangan shaklli idishlar yordamida tarvuzdan shakllar kesib oling. Golubika yoki boshqa bir mevani qo‘shing.