Xeyli Biber 2024-yilning eng ta’sirli go‘zallik inflyuenseriga aylandi
Uning Rhode brendining EMV ko‘rsatkichi 2,2 milliard dollardan oshdi
Rhode brendining EMV, ya’ni o‘zlashtirilgan media qiymati 2024-yilda 2,2 milliard dollardan oshdi. Tadqiqot Lefty platformasi tomonidan o‘tkazildi.
Ushbu ko‘rsatkich ijtimoiy tarmoqlardagi eslatmalarni hisoblaydi: mijozlar va jurnalistlarning sharhlari, fikr-mulohazalari hamda kontentni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, reytingning yuqori beshtaligidan Ariana Grandening R.E.M. Beauty, Kayli Jennerning Kylie Cosmetics, Selena Gomezning Rare Beauty brendlari va janubiy koreyalik qo‘shiqchi Jisuning brendi ham joy oldi.