XOQ Qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan joylarni e’lon qildi

2030-yilgi musobaqalar Fransiya Alp tog‘larida, 2034-yilgi o‘yinlar esa Salt-Lake-City shahrida bo‘lib o‘tadi

Fotо: Instagram / Olympics

Xalqaro olimpiya qo‘mitasining (XOQ) 142-sessiyasida 2030 va 2034-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari qayerda o‘tkazilishi e’lon qilindi. Birinchi musobaqa Fransiyaning Alp tog‘larida, ikkinchi musobaqa AQShning Salt-Lake-City shahrida bo‘lib o‘tadi.

2026-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlariga Italiyaning Milan va Kortine-d’Ampetso shaharlari mezbonlik qiladi.

Qaror Parij shahrida 26-iyuldan 11-avgustgacha bo‘lib o‘tadigan 2024-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari arafasida qabul qilindi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles