Yangi Tiffany&Co do‘koni

Brend Xitoyda soat saloni ochib, mamlakat aholisini xursand qildi

Foto: CPP-LUXURY.COM

Tiffany&Co Xitoyning Chengdu shahrida yangilangan uch qavatli do‘konini ochdi. Fasad dizaynini ishlab chiqqan dizayner Xyu Datton brend merosini olmoslarni eslatuvchi shisha haykallarda aks ettirdi.

Birinchi qavatni rassom Andrea Braesku tomonidan yaratilgan mahalliy magnoliya guli shaklidagi qandil bezadi. Ikkinchi qavatda 1950-yillarda Jan Shlyumberjening ijodidan ilhomlangan xira shishali vitrinalar joylashtirildi. Shuningdek, hozirda Xitoyda yagona bo‘lgan zargarlik uyining soat saloni ham shu yerdan o‘rin olgan. Uchinchi qavat esa dam olish joyi, ovqatlanish maydoni va bolalar xonasiga aylandi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles