Yaxshi ton

Qaysi tonal asosni tanlash kerak?

13 Iyun 2024

Yangi avlod tonal asoslari teri tonini mukammal tarzda tekislaydi – jilosiz yoki yengil yaltiroq ko‘rinishda.

Teringiz yaqqol kamchiliklarga ega bo‘lmasa ham, u har doim mukammal ko‘rinmasligi mumkin. Silliq bir xil faktura va tetiklik – har kuni intiladigan natijamiz. Shuning uchun tonal vosita kosmetik sumkangizda ortiqcha bo‘lmaydi. Uni har kuni ishlatmasligingiz mumkin, ammo kerakli damda u yuzingizga yangicha ko‘rinish beradi, charchoq belgilarini yashiradi, mayda nuqsonlarni yopadi. 

Makiyaj uchun asosni tanlashda nimalarga eʼtibor berish kerak?

Vosita tarkibi

Suyuq tonal asos – zich yoki yarim shaffof; quyuq, qattiq ko‘rinishda; krem-pudra; BB- CC- krem; sochiluvchan mineral pudra… Chalkashib ketdingizmi? Sizga vositani tanlashda nimaga eʼtibor berish kerakligi haqida so‘zlab beramiz. 

Terini yog‘li, normal va quruq turlarga bo‘lish o‘ta umumiy. Har bir inson terisi va organizmi o‘ziga xos, bundan tashqari tonal vositaning qaysidir tarkibiy moddasi allergiya xavfini oshirishi mumkin. 

Qoidaga ko‘ra, issiq mavsum uchun yengil silliqlovchi teksturalar va quruq pudralar mos keladi. 

Beradigan eng yaxshi maslahatimiz – do‘konga kelib, vositani teriga, bevosita yuzga surib ko‘ring. Albatta, ko‘chaga, kunduzgi yorug‘likka  chiqing, chunki do‘kondagi yorug‘lik sunʼiy bo‘ladi. Tanlovda ikkilanayotgan bo‘lsangiz, konsultantdan sinov uchun vositani olib, uydagi ko‘zguda qanday aks etishini ko‘ring.

Unsplash, Mariia Shalabaieva

Teringiz turi

Quruq teri uchun moylar yoki namlantiruvchi tarkibli vositalar to‘g‘ri kelishi mumkin (masalan, gialuron kislotali). Jahon brendlarida yaxshi tekshirilgan vositalar bor – Chanel, Dior, Armani, Estee Lauder mahsulotlariga eʼtibor bering. Ularda ranglarning keng tanlovi mavjud, formulalar esa doimo yangilanib turadi. Har bir brendda o‘ziga xos tomonlari bor – Chanelda yengil yaltiroq beruvchi teksturalar ko‘p (sinab ko‘rishdan qo‘rqmang, ularning yorqinligi o‘ta nozik). Dior vositalarini normal yoki yog‘li teri sohibalari tanlagani maʼqul. Armani mahsulotlari deyarli terida bilinmaydi – tabiiy jilosiz ko‘rinish baxsh etadi.

Vaqt va joy

Avvaliga tonal vosita nima uchun kerakligini va qanday foydalanmoqchi ekaningizni tushunib yetish muhim. 

Agar teringiz normal yoki yog‘li va kun davomida makiyajni to‘g‘irlash imkoni bo‘lsa, mineral pudrani tanlang (unga qo‘shib keng yumshoq mo‘yqalamni ham xarid qilishni unutmang). 

Agar tonni ertalab surmoqchi bo‘lsangiz va kun davomida turishini istasangiz, jilosiz teksturali yengil suyuq vositani tanlang. Alohida vaziyatlar uchun esa – kechki sayrlar, to‘ylar, tantanalarda vizajist bilan maslahatlashing. Foto va video uchun zich quruq teksturali professional kosmetikadan foydalaniladi – u uzoq turadi va suratga olish uchun ko‘proq to‘g‘ri keladi.

Rangini tanlash 

Makiyajingiz qanday bo‘ladi, teringiz va soch rangingiz qanday – bularning hammasini tonal asosni tanlashda hisobga oling.

Mukammal krem yuzning tabiiy rangiga yaqin bo‘lishi lozim. Yozda yuz rangidan to‘qroq tonni tanlagan maʼqul, chunki shaharda bo‘lsak ham issiqda qorayamiz (yoki shunday ko‘rinishni xohlaymiz). Teringiz och bo‘lsa, ton yuzingizni rangsiz qilib qo‘ymasligiga eʼtibor bering.

Eng hammabop ranglar – tabiiy och jigarrang, sariq rangsiz, ammo pushti pigmentlarsiz. Birinchilari yoshni ulg‘aytiradi va yorqin pomada bilan mos tushmaydi, ikkinchilari esa sizni qo‘g‘irchoqqa aylantirib qo‘yishi mumkin. 

Istalgan rangni chiqarish uchun – masalan, shaftoli yoki bronza rangini – yaxshisi rumyana sotib oling. Tonal vositasi sizning universal sirli qurolingiz bo‘lishi kerak.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin