Zamonaviy pastelchi rassomlar

Zamonaviy rassomlar ijodida "pastel" texnikasining ko‘p qirraliligi

Foto: Instagram/Felicity House

Pastel dastlab yordamchi texnika edi, ammo vaqt o‘tishi bilan u Yevropalik rassomlarning mehrini qozondi. Uzoq XVII asrda o‘z yo‘lini boshlab, XIX asrda gullab-yashnagan pastel texnikasi badiiy ifodaning asosiy vositalaridan biriga aylandi.

 Bugungi kunda pastel rassomlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratmoqda. Bunga rangning o‘zgaruvchan tuslarida namoyon bo‘ladigan ifodaning juda keng spektri yordam beradi. Pastelning eng yorqin estetik xususiyatlari uning mayin baxmal teksturasi va xiraligidir. Maftunkor yumshoqlik va rangning jonli tasviri XVII-XVIII asr rassomlari (asosan portretchilar) va XIX asr impressionistlarining e’tiborini tortdi, ular soya va yorug‘likning eng kichik jihatlarini ham ifoda etishga e’tibor berishgan. Aytgancha, unutmangki, boshqa texnikalardan farqli o‘laroq, pastel suv qo‘shish kabi hech qanday tayyorgarlikni talab qilmaydi va darhol ishlatilishi mumkin, bu esa studiyadan tashqarida ham ijod qilishga juda qulaydir.

Pigmentlarning yorqinligi, chidamliligi va surtilishining osonligi bu materialning eng kuchli afzalliklari hisoblanadi. Ehtimol, boshqa hech bir tasviriy san’at vositasi nafosat va muhitni bunchalik aniq ifodalay olmas. Agar pastel texnikasida chizilgan asarlarga qaralsa, ular baxmal yoki velyurga o‘ralgan va yengil shabada quchgandek tuyuladi.

Felicity House

Bu Buyuk Britaniyalik Felicity House rassom ayolining noyob ishlari bo‘lib, uning uslubini adashtirib qo‘yish imkonsizdir. Uning rasmlarida faqat asosiy hissiy xabarning o‘zi yirik rangli dog‘lar bilan ishlangan, ikkinchi darajali elementlar esa yengil qalam tasvir bo‘lib qoladi. 

U o‘z ishlari haqida shunday yozadi:

“Qalam tasvir mening ishimning asosi hisoblanadi. Meni hammadan ko‘proq qiziqtiradigan chiziq va shakllarni instinktiv ravishda izlab topib, rasm va suratlarni  bevosita obyektdan, musaffo nigoh va jonli qo‘l bilan foydalanib chizaman. Men muqarrar vaqt chegaralari bilan ishlashni yaxshi ko‘raman. Hayotiy ekvivalent yaratish uchun men intuitiv ravishda tahrir qilaman va o‘z-o‘zini ifodalovchi belgilar bilan javob beraman”.

U asosan rangni tasvir bilan bog‘laydigan hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri, sof va yorqin pastel bilan ishlaydi. Mavzu ko‘pincha boshqa badiiy vositalarni ham talab qiladi — u tush bilan chizishi, akvarel, pastel yoki moybo‘yoqlardan foydalanishi mumkin.

Rassomni yangi manzillar va sayohatlar ilhomlantiradi. Uning asarlarida xonadon mavzusini tez-tez uchratish mumkin: murakkab interyerlar uni maftun qiladi. Va, albatta, figuralar va portretlar ham Felisitining sevimli mavzusi bo‘lib qolmoqda.

Christine Swann

Pastelli portretlari bilan tanilgan Christine Swann faoliaytini grafik dizayn bilan boshlagan va hozirda xalqaro miqyosda mukofotlarga sazovor bo‘lib kelayotgan musavvir ayoldir. U yaratgan portretlar qahramonlarining har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega: donishmand yuzdagi ajinlar, oftobga botgan sochlar va yalang oyoqlar san’at ixlosmandlarini befarq qoldirmaydi.

Kristin portret chizish orqali odamlar va ularning tarixini tushunishga urinadi. Uning portret yaratish usuli shunchalik qudratli va ifodali vositadirki, bu unga “shaxsiyat portertlari”ni yaratish imkonini berdi.

Uning usuli besh xil bosqichga asoslanadi: Birinchi bosqich —  bu to‘liq pastelda bajarilgan aniq va batafsil chizma. Ikkinchi bosqich eng hayajonlisi bo’lib, rassom tomonidan “sariq sahna”, deb nomlanadi, uning yordamida Svonn sariq qalam bilan yuzning barcha eng yorug‘ va nim yorug‘ joylarini ajratib ko‘rsatadi. Uchinchi bosqichni u “devona yoki kamalak rangi bosqichi”, deb ataydi, bu uning teri rangini yetkazishning qiziqarli usulidan boshqa narsa emas. To‘rtinchi bosqich — “haqiqiy rang sahnasi”: bunda rassom aniq maqsadni ko‘zlab asl rang haqida o‘ylaydi. Bu bosqichda portret uch o‘lchamli ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin