Zarg‘aldoq rangli mo‘jiza. Oshqovoq mavsumi.

Qovoqdan yana qanday mazali taomlar tayyorlash mumkin?

Фото:

Kuz kelishi bilan oshqovoq shinavandalarini bu ajoyib mahsulotdan yana nimalarni tayyorlash mumkin, degan savol o‘ylantiradi. Klassik retseptlardan uzoqlashing va biz bilan birga tayyorlab ko‘ring!

Qovoq sho‘rva

Фото: Pexels

  • 300 gr qovoq
  • 1 dona sabzi
  • 1 ta kartoshka
  • 1 bosh piyoz
  • 3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
  • O‘simlik moyi
  • Tuz, qizil qalampir, qora murch, zarchava
  • 2 litr suv
  • 1 stakan sut
  • 1 stakan sho‘rva (mol yoki tovuq go‘shti)

Birinchi navbatda yuvib tozalangan qovoqni kichik qilib to‘g‘rang.

Ustidan qirilgan kartoshka solib, suvli kastryulkaga soling va qaynatib oling.

Qirg‘ichdan chiqarilgan sabzi, to‘rtburchak qilib to‘g‘ralgan piyoz va sarimsoqpiyozni biroz yog‘ solib tovada qovurib oling. Keyin hammasini qovoq pishayotgan qozonga soling.

Ustiga bir stakan sho‘rva quyib, tuz seping. Sabzavotlar yumshagunicha qaynating.

Sutni qizil qalampir bilan aralashtirib, sho‘rvaga soling. 2-3 minut qaynagandan so‘ng hammasini blenderdan o‘tkazib, past olovda yana besh daqiqa pishiring. Qora murch solib, dasturxonga torting.

Eslatma: Agar sho‘rva quyuq bo‘lsa, sutni quyishdan oldin unga biroz ko‘proq issiq suv qo‘shishingiz mumkin. Agar konsistensiyasi suvli bo‘lsa, sutga 1 osh qoshiq un qo‘shish mumkin (unni sutga soling va yaxshilab ko‘pirtiring). Sutni oxirgi besh daqiqada doimo aralashtirib, quying. Sho‘rvani dasturxonga tortganda limonni siqib olishni unutmang.

Qovoqli pirog

Фото: Unsplash

Masalliqlar

  • 1 kg tozalangan va to‘g‘ralgan qovoq
  • 1,5 stakan shakar
  • 0,5 stakan suv
  • 1 ch.q dolchin
  • 0,5 stakan tozalangan yong‘oq

Pirog xamiri:

  • 200 gr sariyog‘
  • 1 paket xamir yumshatish kukuni
  • 1 stakan shakar
  • 2 ta tuxum
  • 3 stakan un

Ichiga qo‘yiladian masalliqlar uchun: oshqovoq, shakar va suv bilan birga yumshagunicha pishiring.

Pishgandan so‘ng qovoq sanchqi yordamida ezib oling.

Dolchin va yong‘oq bilan aralashtiring. 

Xamiri:

Xamir uchun barcha masalliqlarni aralashtiring.

Tayyor xamirni pirog shakliga solib, masalliq bilan to‘ldiring.

Qizartirib pishirlgan oshqovoq bo‘lakchlari

Фото: Pexels

  • 300-500 gr qovoq
  • 1 ch.q arpabodiyon
  • 1 ch.q. rozmarin
  • 1-2 qoshiq dolchin
  • 0,5 qoshiq maydalangan achchiq qalampir
  • 2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
  • 3 osh q. zaytun moyi
  • 1 osh q. tuz
  • 1-2 osh qoshiq asal
  • 1 ta limon

Duxovka 200 darajagacha qizdiring.

Qovoqning urug‘ va po‘stlog‘i olib tashlangach 1-2 sm qalinlikda yarim oy shaklida to‘g‘rab, pishirish uchun qolipga qo‘ying.

Quruq ziravorlar va tuzni hovoncha yordamida maydalab, kukun holiga keltiring. Ularga sarimsoqpiyozni solib birgalikda ezib oling. 2 osh qoshiq zaytun moyi solib, aralashtiring.

Ushbu aralashmani qovoq ustiga qo‘ying va har bir qovoq bo‘lagini qo‘llaringiz bilan ishqalang. Ustiga qolgan yog‘ni seping.

Onda sonda qovoqning yumshoqligini tekshirgan holda duxovkada 30-40 daqiqa pishirib oling.

Duxovkadan chiqqan oshqovoqning ustidan asal yurg‘izib, yana bir marta aralashtiring va dasturxonga torting. Yoqimli ishtaha!

Maqolani baham ko'ring

Related articles