Zendayaning nikoh uzugi: uni kim yaratgan

Muhabbat va nozik did qissasi

09 Yan 2025
Foto: jessicamccormack.com

2025-yilgi “Oltin globus” marosimida Zendaya nafaqat Louis Vuittonning urf bo‘lgan karamel rangidagi maxsus libosi bilan e’tiborni tortdi. Aktrisaning taqinchoqlari orasida Bvlgarining olmos va paraiba turmalinlaridan yasalgan to‘plami hamda Jessica McCormack’ning nikoh uzugi bor edi.

Besh karatli klassik kesimli olmosning nafisligi Zendayaning uyg‘un didi va nozik detallarga bo‘lgan intilishini ta’kidlab turibdi.

Foto: instagram/ernestocasillas

Zendaya va Tom Holland rasman unashtiruv haqida e’lon qilishmagan bo‘lsa-da, ichki manbalarning xabar berishicha, Tom 2024-yil dekabr oyining oxirida, yangi yil arafasidagi ta’til paytida unga turmush qurishni taklif qilgan.

Jessica McCormack – olmos toshlariga ixtisoslashgan londonlik zargarlik buyumlari dizayneri. Uning kolleksiyasida bilaguzuk va ziraklar bilan bir qatorda nikoh uzuklari ham mavjud. Tom Zendaya uchun tanlagan East-West Cushion Diamond dizaynli uzuk, aynan Jessica McCormack saytida shunday nomlanadi.

Foto: instagram/jessica_mccormack

Zendaya va Tom Gollivudning eng yorqin va uyg‘un juftliklaridan biri bo‘lib, ularning munosabatlari maxfiylik, o‘zaro tushunish va qo‘llab-quvvatlashga asoslangan. Ularning birgalikdagi hayot yo‘li romantika va hamkorlik muvaffaqiyatning ajralmas qismiga aylanishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Maqolani baham ko'ring

Related articles