1001 Seasons of Elie Saab
Yulduzli kechasining eng yorqin lavhalari
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Elie Saab uyining 45 yilligiga bag‘ishlangan yorqin namoyish bo‘lib o‘tdi. 1001 Seasons of Elie Saab nomli shou davomida 300 ta kutyur asardan iborat to‘plam namoyish etildi.
Riyadh Season Collection Fall 2025 to‘plami Riyadh Season festivali doirasida namoyish etish uchun maxsus yaratilgan. U “Ming bir kecha” ertagidan ilhomlanib yaratilgan. Elie Saab arab malikalarining obrazlarini moda uyi uslubida qayta talqin qildi. Stilizatsiya bilan CR Fashion Book asoschisi va bosh muharriri Karin Roytfeld shug‘ullangan.
Shouni 2002-yilda “Oscar” mukofotini topshirish marosimidagi mashhur Elie Saab libosidagi Halle Berry ochib berdi. Sahna malikasi Jennifer Lopez 001 Seasons of Elie Saab’da modellarga hamrohlik qilib, tana va patli yopinchiqda porladi. Ular orasida Candice Swanepoel, Adriana Lima, Sara Sampaio va boshqa ko‘plab modellar bor edi. Musiqa va modani uyg‘unlashtirgan ulkan tadbirda Celine Dion, Nancy Ajram, Amr Diab va Camila Cabello ham chiqish qildilar.
To‘plamda 1920-yillarga ishora qiluvchi patli liboslar taqdim etildi. E’tibor markazida ayollar nafosatini ta’kidlovchi siluetlar, qirollik marosimlari uchun mos keladigan ko‘zni qamashtiruvchi ulug‘vor liboslar va Elie Saab uyi tarixida abadiy qoladigan ramziy modellar bor edi.
Namoyishning birinchi qatorida hashamatdan qolishmaydigan manzara ko‘zga tashlandi: Xande Erchel kashtali och pushti rangdagi nozik ko‘ylakda, Rosie Huntington-Whiteley oq rangdagi nafis atirgullar bilan bezatilgan libosda, Tamara Kalinic tilla rangdagi bezaklar bilan kontrast hosil qiluvchi oqib tushayotgan qora libosda va boshqa ko‘plab mashhurlar ishtirok etishdi.
Elie Saab moda uyi arab yuqori modasini jahon moda xaritasida ilgari surishga intilmoqda. Dizayner Elie Saabning 45 yillik muvaffaqiyati ijod, madaniyat va yulduzlar jamiyatining hamkorligi kuchini tasdiqlaydi.