Viktoria Song Jimmy Chooning ambassadori boʻldi
Avvalroq xonanda Osiyo-Tinch okeani mintaqasida brendning yuzi boʻlgan
Xonanda va aktrisa Viktoria Song Britaniyaning Jimmy Choo brendining global ambassadori (hamkori) va I WANT CHOO iforining yuziga aylandi.
2018-yildan beri Viktoria Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi modalar uyini taqdim etib kelmoqda. Avvalroq xonanda ijodiy direktor Jimmy Choo bilan birgalikda cheklangan sumkalar seriyasini ishlab chiqqan edi.
«Jimmy Choo oilasiga qaytib, yangi bobni boshlaganimdan juda xursandman va mamnunman. "Jimmy Choo" kiyimini kiyganimda o‘zimni ishonchga va kuchga toʻla his qilaman», – dedi Viktoria Song.