Ariana Grande Love Notes atirlar qatorini chiqardi

Seriyada dunyoning turli burchaklaridan eksklyuziv iforlar taqdim etilgan

Fotо: Instagram / arianagrande

Xonanda Ariana Grande «Love Notes» nomli atirlar to‘plamini chiqardi. Turkum dunyoning turli burchaklari uchun maxsus yaratilgan eksklyuziv iforlarni taqdim etadi.

«Men ushbu kichik sevgi xatlarini butun dunyo bo‘ylab muxlislarimga xushbo‘y iforlar yordamida yetkazib berish imkoniyatidan juda xursandman,» – deya ta’kidlaydi Ariana ijtimoiy tarmoqlarda.

Vanilla Suede (Vanil sudi) atirini Buyuk Britaniyada, Angels Kiss (Farishtalar bo‘salari) atirini – Yevropada, Pink woods (Pushti o‘rmon) atirini – Shimoliy Amerikada xarid qilish mumkin. Shuningdek, tez orada Avstraliyada Pressed Petals (Quritilgan barglar) iforining chiqarilishi kutilmoqda.

Maqolani baham ko'ring

Related articles