Stuart Weitzman brendning yangi global ambassadorlarini belgilab oldilar

Brend “Ayol bo‘lish qanchalar go‘zal” nomli yangi kampaniyasini taqdim etadi

Fotо: Instagram / Stuartwietzman

Amerika brendi Stuart Weitzman yangi global ambassadorlar belgilanganligi haqida e’lon qildi. Ambassadorlar qatorini aktrisa Issa Rae, gimnastikachi Aly Raisman, model Christy Turlington, aktrisa Lucy Liu va model Min Si to‘ldirdilar.  Shu munosabat bilan brend “Ayol bo‘lish qanchalar go‘zal” (How Lovely to Be a Woman) nomli yangi kampaniyasini taqdim etdi.

Reklama roliki zamonaviy ayol bo‘lish qanday ekanligi, uning yutuqlari va duch kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklari haqida hikoya qiladi. Rolik qahramoni jamiyat bosimiga qaramasdan, qayta va qayta o‘ziga ishonishni va kuchli bo‘lishni tanlaydi.

Film rejissyor Matvey Fiks tomonidan tasvirga olingan. Suratlar muallifi Ned Rogers. Kampaniya premyerasi (taqdimoti) 4-sentyabrda bo‘lib o‘tadi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles