Luvrda ilk bor modaga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochiladi
U yerda 65 ga yaqin zamonaviy kiyim ansambli va 30 ta aksessuar namoyish etiladi
Luvrda birinchi marta modaga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochiladi. Loyihaning maqsadi zamonaviy dizaynerlik yechimlari bilan muzey to‘plamidagi tarixiy buyumlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani o‘rganishdan iborat.
Ko‘rgazmada Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya va AQSH moda uylari va dizaynerlari tomonidan taqdim etilgan 65 ga yaqin moda ansambllari va 30 ta aksessuarlar namoyish etiladi. Ekspozitsiya O‘rta asrlardan to Ikkinchi Fransiya imperiyasigacha bo‘lgan davrlardagi qimmatbaho buyumlar bilan so‘nggi moda tendensiyalarini birlashtiradi.
"Ushbu loyiha orqali biz mashhur moda kutyuryelari uchun muzeylar nima uchun qiziqarli va muhim bo‘lganini, shuningdek, bizning kolleksiyalarimiz boshqa modelyerlarning to‘plamlariga qanday ozuqa va ilhom bera olishini tushunishni istaymiz", - deya fikr bildirdi Luvr muzeyi dekorativ-amaliy san’at bo‘limi direktori Olive Gabe.
Shuningdek, u yerda Karl Lagerfeldning Chanel uchun so‘nggi ishlari, Maria Grazia Chiuri, Alexander McQueen va Christian Louboutinning muzey ko‘rgazmalaridan ilhomlanib yaratgan asarlari namoyish etiladi.
Ko‘rgazma kelgusi yilning 24-yanvaridan 21-iyuligacha bo‘lib o‘tadi.