Bottega Veneta yangi qishki reklama jarayonlarini taqdim etdi

Suratga olish ishlari Nevada shtatidagi 51-maxfiy hudud yaqinida bo‘lib o‘tdi

Fotо: Instagram / newbottega

Italiyaning Bottega Veneta brendi 2024-yil qish mavsumi uchun yangi kolleksiya namoyishini taqdim etdi. Suratga olish ishlari AQSHning Yuta va Nevada shtatlaridagi cho‘l manzaralari fonida, 51-maxfiy hududga yaqin joyda amalga oshirildi. 

Reklama yuzi sifatida Mariacarla Boscono, Zayna Cisse, Luke Clod, Mamuor Majeng va boshqalar tanlandi. Kolleksiya ijodiy direktor Matthieu Blazyning rahbarligi ostida ishlab chiqildi. Suratlarni fotograf Alec Soth tasvirga olgan. 

Yangi to‘plam tarkibiga sariq va qizil tusli ko‘ylaklar, qalin rubashkalar, trenchlar, keng pidjaklar va junli sviterlar kiritildi. Aksessuarlar qatoriga quyosh ko‘zoynaklari va zargarlik buyumlari, shuningdek, charm va zamshdan tayyorlangan kamarlar, sumkalar va poyabzallar qo‘shildi.

 

Qishki to‘plamni Bottega Veneta brendining rasmiy saytida buyurtma qilish mumkin.

Maqolani baham ko'ring

Related articles